3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar


Download 0.61 Mb.
bet29/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar – yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‘rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar

14.Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli namunalar va boshqalar.

Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy vositalarga kiritilmaydi, jumladan :



  • Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat’iy nazar;

  • Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar;

  • Mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar

( mehmonxonalar bundan mustasno );

  • Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar)

  • Ko‘chatxonalarda ekish uchun o‘stirilayotgan ko‘chatlar;

  • Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar.

Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bo‘linadi.

Ishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo‘lgan moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshootlar, stanoklar, jihozlar, transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi.

Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir, shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy, maishiy, sog‘liqni saqlash, kommunal maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi.

Amortizatsiya qilinishiga qarab korxonalarning asosiy vositalari amartizatsiya hisoblanadigan va amartizatsiya hisoblanmaydigan turlarga bo‘linadi.

Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:



  • Kutubxona fondiga.

  • Ko‘p yillik o‘simliklarga.

  • Ishchi va nasldor hayvonlarga.

  • Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga.

Qolgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanadi. Soliq Kodeksiga muvofiq (23- modda) asosiy vositalar amortizatsiya me’yorlari bo‘yicha quyidagi beshta guruhga bo‘linadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling