3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet52/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Aktiv schyotlar



Kontraktiv schyotlar

0410

Patentlar, litsenziyalar va nou-xau

0510

Patentlar, litsenziyalar va nouxaularning amortizatsiyasi

0420

Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari

0520

Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi

0430

Dasturiy ta’minot

0530

Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi

0440

Yerdan va tabiiy pesurslardan foydalanish huquqi

0540

Yerdan va tabiiy pesurslardan foydalanish huquqining amortizatsiyasi

0450

Tashkiliy harajatlar

0550

Tashkiliy harajatlarning amortizatsiyasi

0460

Franchayz

0560

Franchayzning amortizatsiyasi

0470

Mualliflik huquqlari

0570

Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi

0480

Gudvil





0490

Boshqa nomoddiy aktivlar

0590

Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi

0410-0490 «Nomoddiy aktivlar hisobi schetlari»ning debetida ularning boshlang‘ich qiymatini oshishiga olib keluvchi operatsiyalar (masalan, yangi nomoddiy aktivlarni sotib olinishi, ularni bepul kelib tushushi, qayta baholanishi, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar), kreditida esa nomoddiy aktvlarning boshlang‘ich qiymatini kamayishiga olib keluvchi operatsiyalar (masalan, ularni sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, aniqlangan kamomadlar) quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi.





Operatsiyaning mazmuni

Debet

schet


Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Nomoddiy aktivlar sotib olinganda

0410-

0830

Shartnomalar,







0490




schet-fakturalar

2.

Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari natijasida qabul qilingan nomoddiy aktivlarning xaqiqiy tannarxiga

0410-

0490


3190

Loyiha-smeta hujjatlari, dalolat-nomalar

3.

Bepul kelib tushgan nomoddiy aktivlarning ekspert yuli bilan belgilangan qiymatiga

0410-

0490


8530

Shartnoma, dalolatnoma, schet-faktura

4.

Ta’sis badali sifatida kirim qilingan nomoddiy aktivlarning kelishuv bahosidagi qiymatiga

0410-

0490


4610

Ta’sis shartnomasi,

dalolatnoma, schet- faktura



5.

Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlarning qiymatiga

0410-

0490


9390

Qaror, dalolatnoma

6.

Nomoddiy aktivlarni sotilishi va bepul berilishida : -sotish qiymatiga

-QQS summasiga

-boshlang‘ich qiymatga

-eskirish summasiga

-olingan foydaga

-ko‘rilgan zararga



4010

9220


9220

05100590

9220

9430


9220

6410


04100490

9220


9320

9220


Shartnoma,

Schet-faktura, dalolatnoma



7.

Nomoddiy aktivlar moliyaviy investitsiyalar sifatida kiritilganda:

-kelishuv qiymatiga

-boshlang‘ich qiymatiga

-eskirish summasiga

-QQS summasiga

-olingan foyda summasiga



06100690

9220

05100590



9220

9220


9220


04100490

9220


6410

9320


Shartnoma,

Schet-faktura, dalolatnoma



8

Gudvil korxona harajatlari evaziga hisobdan chiqarilganda

Hara-jat schyotlari

0480

Raschet

9.

Inventarizatsiyada kamomad aniqlanganda

-boshlang‘ich qiymatga

-eskirish summasiga

-kamomad summasiga



9220

05100590

470


04100490

9220


9220

Dalolatnoma, qaror

BXMS № 7 «Nomoddiy aktivlar» ga muvofiq nomoddiy aktivlar har yilning oxirida yakuniy hisobot tuzish oldidan inventarizatsiyadan o‘tqazilishi lozim.

Bundan tashqari ular qayta baholashda, korxonada reorganizatsiya (birlashish, bo‘linish) yuz berganda, korxona tugatilganda inventarizatsiya qilinadi. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasini o‘tqazish BXMS № 19 «Invetarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish»da belgilangan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

Nomoddiy aktivlarning qiymati oshirilganda inventarizatsiya qaydnomasi ma’lumotlari asosda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:



  • Boshlang‘ich qiymat oshirilganda

Debet 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari»

Kredit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»

  • Boshlang‘ich qiymat kamaytirilganda

Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»

Kredit 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari»

Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar nomoddiy aktivlar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.

Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashda quyidagi omillar asos qilib olinadi:


  • Foydali xizmat muddati;

  • Korxonaning ustav faoliyatining muddati;

  • Nomoddiy aktivning jismoniy va ma’naviy eskirish harakteri;

Foydali xizmat muddatini hisoblash mumkin bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun yillik eskirish summasi ularning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat yillar soniga bulish yo‘li bilan topiladi. Topilgan summani 12 ga bo‘lib, har oylik eskirish summasi harajatlar schyotlariga olib boriladi.

Foydali xizmat muddatini aniqlash qiyin bo‘lgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha xizmat muddati eng ko‘pi bilan 5 yil qilib, lekinda korxona ustav faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan mudddatga, belgilanadi (BXMS № 7).

BXMS № 7 ga muvofiq, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya

(eskirish) hisoblash xuddi asosiy vositalar singari bir maromli, bajarilgan ish hajmiga proporsional, xizmat yillari sonlari yig‘indisiga proporsional (kumulyativ) va kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negiziga bir maromda hisoblash usuli olingan, qolgan usullar bo‘yicha hisob-kitoblarda aniqlangan me’yordan ortiqcha summalar foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi va shu yo‘l bilan soliqga tortiladi.

Har hisobot yili oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko‘rib chiqilishi va shunga mos ravishda amortizatsiya (eskirish) me’yori o‘zgartirilishi mumkin ( BXMS № 7).

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish) ni hisoblanishi ularning ishlatish maqsadiga ko‘ra 0510-0590-schetlarning kreditida va harajatlar schetlarining ( 2010, 2310, 2510, 2710, 3110,9410,9420 ) debetida aks ettiriladi. 0510-0590 schetlarning debetida nomoddiy aktivlarni sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, kamomadlari va ta’sis badali sifatida kiritilishi munosabati bilan ularga to‘g‘ri keladigan jamlangan eskirish summasini kamaytirish aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshka aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari», 0480 «Gudvil», 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotlari kreditlanadi.

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining analitik hisobi har bir nomoddiy aktiv bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda olib boriladi.

Moliyaviy investitsiyalar – bu korxonaning boshka korxonalarga ularning kuvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida uzi ham moddiy naf kurish , kushimcha daromad olish maksadida kiritgan mablaglari majmuasi.

Moliyaviy investitsiyalarni turlicha belgilariga qarab tasniflash mumkin bo‘ladi.



Muddatiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar deganda, BXMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» ga muvofiq, 12 oydan ko‘p muddatga kiritilgan mablag‘lar tushuniladi. Ushbu muddatdan kam vaqtga kiritilgan mablag‘lar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar deb ataladi.

Kiritilish yo‘nalishiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turlari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratiladi. Jumladan, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ushbu belgisiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • Aksionerlik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Banklarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Sho‘’ba korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Qo‘shma korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Qaram jamiyatlarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Boshqa turdagi korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.

Ko‘rinishi bo‘yicha barcha moliyaviy investitsiyalarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

  • Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar;

  • Qarz sifatida kiritilgan investitsiyalar;

  • Kredit sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;

  • Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar;




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling