3. mikroorganizmlarning oziqlanish tiplari va ularga tashqi muhit omillarining ta’siri


Download 21.65 Kb.
bet5/6
Sana22.11.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1794193
1   2   3   4   5   6
Kimyoviy omillar. Muhit reaksiysi - Mikroorganizmlar rivojlanishiga oziqa muhitini nordonligi yok ishqorliligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Oziqa muhitining bunday xususiyti, muhit tarkibiga kirgan kimyoviy elementlarni suvli sharoitda elektrolitik dissosiasiysi natijasida kelib chiqadi. Biologik jarayonlar bilan aloqador kimyoviy reaksiylar, muhitdagi vodorod ionlari miqdoriga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich pH (pH- vodorod ionining Hq o‘nlamshi logorifmining manfiy ko‘rsatkichi) bilan belgilanadi. pH 1 dan 14 gasha belgilanib, 1 dan 6 gasha nordon, 7 neytral, 8 dan 14 gasha ishqoriy muhit deb hisoblanadi. Mikroorganizmlarning har xil shtammi o‘zining mo‘’tadil pH iga ega va faqatgina shu ko‘rsatkich doirasida yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Ko‘pgina bakteriyalar neytral muhitda yaxshi rivojlansa (pH 6,5-7,5), miselial va bir hujayrali zamburug‘lar (hamda achitqi zamburug‘larining ayrimlari) nordon (kislotali) muhitda (pHq4-6) yaxshi o‘sib, ko‘payishadi. Muhitning pH ko‘rsatkichi hujayralarda o‘tadigan biokimyoviy jarayonlarga, xususan fermentlarning faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, pH oziqa moddalarni hujayraga kirishida katta rol o‘ynaydi.
Kislorod - Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan muhtojligi ham xar xil bo‘ladi. Bu hodisani birinshilardan bo‘lib, fransuz olimi Lui Paster aniqlagan. Uning ta’kidlashisha, ba’zi bir mikroorganizmlar kislorodga doimiy ravishda muhtojlik sezsa, ba’zi-birlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaydilar. O‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi kislorodga bog‘liq bo‘lgan mikroorganizmlar aerob, kislorodsiz muhitda yashaydiganlari esa anaerob mikroorganizmlar deb ataladi. Ammo, ba’zi bir mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kislorodni bor yoki yo‘qligi unshalik ta’sir ko‘rsatmaydi. Umuman olganda, mikroorganizmlar kislorodga bo‘lgan talabiga qarab 4 guruhga bo‘linadi:

    • obligat (haqiqiy) aeroblar;

    • haqiqiy anaeroblar;

    • fakultativ (shart bo‘lmagan) anaeroblar;

    • mikroaerofillar.

Obligat aeroblar faqat moddalarni kislorod yordamida oksidlanishi natijasida olinadigan energiy hisobida rivojlanadilar. SHuning uchun ham ularni hayoti kislorod bilan bog‘liq. Obligat anaeroblar, oksidlanish reaksiylarida vodorodning akseptori sifatida nitratlar, sulfatlar yoki boshqa oksidlangan moddalardan foydalanadilar. Fakultativ anaeroblar yshashi uchun kislorodni bo‘lishi yoki bo‘lmasligi unshalik katta rol o‘ynamaydi. Mikroaerofillar, juda oz miqdorda kislorod saqlagan muhitda rivojlanadilar.

Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling