3. mikroorganizmlarning oziqlanish tiplari va ularga tashqi muhit omillarining ta’siri


Download 21.65 Kb.
bet6/6
Sana22.11.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1794193
1   2   3   4   5   6
Biologik omillar. Ko‘pgina kimyoviy va biologik tabiatga ega bo‘lgan moddalar juda kam miqdorda ham mikroorganizmlar rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday moddalarni mikrobga qarshi (antimikrob) moddalar deyiladi. Bularga noorganik (simob tuzlari, kumush, qo‘rg‘oshin) va organik (etil spirti, fenol, formaldegid) tabiatiga ega bo‘lgan moddalar kiradi.
Eng o‘ziga xos mikroblarga qarshi preparatlar - antibiotiklar deb ataladi va ular juda kam miqdorda bo‘lsa ham mikroblarni rivojlanishini to‘xtatib qo‘ydi.
Hujayra ishiga kirib, bu moddalar sitoplazma oqsillari va sitoplazmatik membranalar bilan o‘zaro bog‘lanish yoki hujayradagi yog‘larni eritish va boshqa bir qator murakkab mexanizmlar asosida hujayrani fiziologik faoliyatini buzadi va ularni nobud bo‘lishgasha olib keladi.
Ba’zi bir mikrob preparatlari har xil kasallik qo‘zg‘atuvshi bakteriyalarga qarshi keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday preparatlarni dezinfeksiy qiluvshi moddalar deb ataladi.
Fiziologik faol moddalar sintez qiluvshi mikroorganizmlarga qo‘yiladigan talablar. Mikroorganizmlar xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Ular har xil biologik faol moddalar sintez qilish xususiytiga egalar. Bunday moddalar tibbiyot, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, tog‘-metallurgiy, atrof-muhitni muhofaza qilish va qator boshqa sohalarda o‘z o‘rinlarini topganlar.
Har xil mikroorganizmlar orasida, achitqi va miselial zamburug‘lar hamda bakteriyalar kengroq ishlatib kelinmoqda.
Bular asosida har xil zavodlar qurilib, faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bularga nisbatan kamroq suv o‘tlari va eng sodda hayvonlar ishlatib kelinmoqda. SHu o‘rinda bu mikroorganizmlarni tabiatni muhofaza qilishdagi rolini alohida aytib o‘tish lozim.
Produsentlarni foydali tomonlari bir qator ko‘rsatkichlar asosida baholanib, ulardan asosiylari quyidagilardir:

  1. Zararsizlik (iste’molshi va ishlab chiqaruvshiga ham);

  2. Biosintezning faolligi (o‘sish tezligi, mahsulotning to‘planish tezligi, qo‘shimsha biologik faol moddalar sintez qilishi va x.k.);

  3. Iste’mol qiladigan uglerod manbai (manbani bahosi, topilishi, ishlatilish darajasi va x.k);

  4. Iste’mol qiladigan azot manbai;

  5. O‘stirish sharoitlariga sezgirligi (aerasiy, harorat, pH, o‘stirish omillariga talabshanligi va x.k);

  6. Fagga chidamliligi va mo‘’tadilligi.

Produsentning faolligi yoki kerakli mahsulotni sintez qilish qobiliyti, mikroorganizmlarni eng asosiy xususiytlarini tashqil etadi. Ammo texnologik jarayon uchun mikroorganizm is’temol qiladigan uglerod manbai, qo‘shimsha o‘stirish omillariga muhtoj emasligi va bir qator yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillar ham katta ahamiyt kasb etadi. Ayniqsa, oziqa-muhiti tarkibiga kiruvshi moddalarni is’temol darajasi (ayniqsa, uglerodni) ham katta ahamiytga ega.
Katta hajmda o‘stirish jarayonida eng dolzarb muammolardan biri - begona mikroorganizmlarni tushib qolishi va oqibatda tozalikning buzilishidir. Ba’zida, mikroorganizmlarni o‘stirish jarayonida muhit nordon yoki ishqoriy tomonga tez o‘zgaradi. Bunday jarayonlarni oldini olish uchun qo‘shimsha ishqorlash yoki nordonlash usullaridan foydalanish mumkin. Steril holatni buzilmasligi uchun issiqsevar (termofil) mikroorganizmlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
SHunday qilib, faqatgina mikroorganizmlarni xususiytlari va ishlab chiqarishning talablari majmuasidan kelib chiqqan holda produsentni baholash mumkin.
Hozirgi vaqtda yangi produsentlarni qidirib topish, seleksiy, mutagenez, gen va hujayra biotexnologiysi usullaridan foydalangan holda serhosil shtammlar yaratish - mikrobiologiyning eng asosiy yo‘nalishlaridan birini tashqil etadi.
Shuni eslab qolish lozimki, mikrobiologiy asoslarini, ularni hayot faoliyatini aniq va ravshan bilmasdan turib, mikrobiologik texnologiylarni yaratish va yratilgan texnologiylarni boshqarish mumkin emas.
Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling