3. mikroorganizmlarning oziqlanish tiplari va ularga tashqi muhit omillarining ta’siri
Download 21.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osmotik bosim
- Gidrostatik bosim
Fizik omillar. Namlik - mikroorganizmlar hujayrasida bir murakkab, makromoddalar parshalansa, boshqa bittasi kishik molekulalardan paydo bo‘ladi. Har ikkala jarayon ham ko‘plab biokimyoviy jarayonlar natijasida amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning barchasi faqatgina suvli muhitda amalga oshadi, xolos. Suvsiz muhitda oziq moddalari hujayra ishiga kiraolmasliklari sababli oziqlanish to‘xtaydi. Mikroorganizmlarni suvsizlikka chidamliligi ham turli xil bo‘ladi. quritilgan holda mikroorganizmlar faoliyat ko‘rsata olmaydilar, shunki suvsizlikda barcha kimyoviy jarayonlar, ya’ni metabolizm sekinlashadi va to‘xtaydi, oqibatda hayotiy zarur jarayonlar to‘xtab anabioz boshlanadi. Bunday hujayralar namlanganda yoki suvli sharoitga o‘tkazilganda yna hayot boshlanadi, biokimyoviy jarayonlar tiklanib, metabolizm boshlanadi. Mikroorganizmlarni suvsiz sharoitga o‘tkazich usuli, ularni va ular asosida tayyorlangan biopreparatlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi.
Osmotik bosim - Mikroorganizmlarni hayoti uchun katta ahamiytga molik omil muhitni bosimi bo‘lib, u muhitda erigan moddalar miqdori bilan o‘lshanadi. Agar oziqa muhitida erigan moddalarni miqdori baland bo‘lsa, osmotik bosim oshadi, ba’zida hujayra ishidagi suv tashqariga chiqa boshlaydi, hujayra suvsizlanadi, tashqi muhit bilan almashinuv jarayonlari buziladi, oqibatda plazmoliz boshlanadi va hujayra nobud bo‘ladi. Ko‘pgina bakteriyalar, hujayra devorining o‘ziga xosligi va sitoplazmatik membranalarini boshqaruv funksiylari tufayli tuzlar miqdoriga unshalik e’tibor bermaydilar, hatto 0,5-3,0% - li tuzli eritmalarda ham yshayveradilar. Ba’zi bir bakteriyalar yuqori osmotik bosimda ham mo‘’tadil ravishda rivojlanib ko‘paydilar. Osh tuzining to‘yingan eritmasida rivojlanadigan bakteriyalar ham ma’lum. Bunday mikroorganizmlar osmofillar deb ataladi. Gidrostatik bosim - Hamma mikroorganizmlar ham gidrostatik bosimga bir xil chidamli emas. 100-140 MPa bosimga hamda shuqur vakuumga ham chidamli mikroorganizmlar ma’lum. Ammo ko‘pshilik mikroorganizmlar ham tabiiy ham laboratoriy sharoitlarida mo‘’tadil sharoitda, ya’ni oddiy atmosfera bosimida yshab, o‘sib, rivojlanadilar. Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling