3 mundarija


 Aniqlikka erishish usullari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

 
2. Aniqlikka erishish usullari 
 
Aniqlikka  erishishning  asosan  ikkita  usuli  mavjud.  A.  «Aniqlikka 
erishguncha ishlov berish va o‟lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o‟lchash») 
usuli. B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli. 
 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‟lchash" usuli 
Bu  usulning  mohiyati  shundan  iboratki,  dastgohda  o‟rnatilgan  tanavor 
ishlanuvchi  yuzasiga  keskich  asbob  yaqin  keltiriladi  va  boshlanish  uchastkasidan 
qisqa  masofada  sinov  qirindi  olinib  keskich  oldingi  holatiga  surib  qo‟yiladi, 
so‟ngra  esa  dastgoh  to‟xtatiladi.  Ishlangan  sirt  o‟lchagich  asbob  bilan  o‟lchab 
ko‟riladi,  chizmadagi  o‟lchamdan  chetga  chiqishi  aniqlanib,  keskich  asbobning 
holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh  limbi bo‟yicha hisoblanib, amalga 
oshiriladi.  Кeyin  esa  yana,  tanavorning  shu  uchastkasiga  ishlov  berilib  sinov 
qirindisi olinadi va o‟lchanadi va bu aniq o‟lchamga erishguncha davom ettiriladi. 
Undan  keyin  tanavorga  butun  uzunligi  bo‟yicha  ishlov  beriladi."  Aniqlikka 
erishguncha  ishlov  berish  va  o‟lchash"    usulida  keskichni    tanavorga  nisbatan 
to‟g‟ri holati o‟rnatiladi va talab etilgan o‟lcham aniqligi ta‟minlanadi. Navbatdagi 
tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo‟llash yana takrorlanadi. 


29 
 
«Aniqlikka  еrishguncha  ishlov  berish  va  о‟lchash»  usuli  quyidagi 
afzalliklarga еga:  
-noaniq  dastgohlarda  aniq  ishlov  berishga  еrishiladi;  tanavorga  noaniq 
dasgohda  ishlov  berilganda,  yuqori  malakali  ishchi  bu  usul  yordamida  tanavor 
xatoligini aniqlashi va yо‟qotishi mumkin; 
-mayda  tanavorlar    partiyasiga    ishlov    berganda,  ushlanuvchi 
о‟lchamlarning  aniqligiga  keskich  asbob  eyilishining  ta‟sirini  yо‟qotadi;  bu  usul 
bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog‟liq bо‟lgan talab asosida kerakli 
tuzatishlar kiritiladi; 
-noaniq  tanavorlarda  qо‟yimlarni    tо‟g‟ri  taqsimlashga  еrishiladi    va  ishga 
yaroqsizlik poydo bо‟lishining oldi olinadi; 
-kichik о‟lchamga еga bо‟lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida 
ishga yaroqli bо‟lgan detal olish mumkin; 
-ishchini,  murakkab  va  qimmat  baho  moslama  ishlatish  (konduktor-
moslamalarga  о‟xshash)  aylanuvchi  va  bо‟luvchi  moslamalar  va  boshqalardan 
ozod qilinadi; 
Teshik    markazlari    va    ishlanuvchi  yuzalarning  о‟zaro  joylashuvi  bichish 
asosida aniqlanadi. 
Shuning  bilan  bir  qatorda  bu  usul  quyidagi  jiddiy  kamchiliklarga  еga:  -
ishlov  berishda  erishilgan  aniqlik,  kesib  tushiriluvchi  qirindining  minimal 
qalinligiga bog‟liqdir;  
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi 
0,005  mm  dan  kam  emas,  oddiy  charxlangan  keskich  bilan  ishlov  berilganda  bu 
miqdor  0,02  mm  ni  tashkil  еtadi  (keskich  bir-oz  о‟tmaslashganda  еsa  bu  miqdor 
hatto 0,05 mm gacha etadi); 
-aniqki,  bu  usul  bilan  ishlanganda,  ishchi  tanavor  о‟lchamiga  qirindi 
qalinligidan  kamroq  miqdorda  о‟zgartish  kirita  olmaydi,  shuningdenk  bu 
qalinlikdan kichikroq bо‟lgan о‟lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi; 
-ishchining  aybi  bilan  ishga  yaroqsiz  detal  paydo  bо‟lishi,  ishlov  berishda 
еrishiluvchi  aniqlik  ma‟lum  darajada  ishchining  diqqat-е‟tiboriga  ham  bog‟liq 
bо‟ladi; 
-mehnat  unumdorligining  past  bо‟lishi,  ya‟ni  bu  usul    qо‟llanganda    kо‟p 
vaqt sarflanadi; 
-bu  usulda  ishlanganda  detallarning  tannarxi  yuqori  еkanligi;  bu  еsa  о‟z 
navbatida  yuqori  malakali  ishchilar  ishlab,  yuqori  ish  haqqi  tо‟lanishini  talab 
qiluvchi omillarga bog‟liqligi natijasidir. 
Yuqorida  kо‟rsatilgan  kamchiliklarga  kо‟ra  bu  usul,  kо‟proq  buyumlarni 
yakka  va  mayda  seriyalab  ishlab  chiqarishlarda  keng  qо‟llaniladi,  shuningdek, 
tajribali  ishlab  chiqarishda  hamda  ta‟mirlash  va  asbobsozlik  sexlarida  ham 
qо‟llaniladi. 
Asosan bu usul og‟ir mashinasozlikda kengroq qо‟llaniladi. 
 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling