59
bо‟lsa, toza, ba‟zi hollarda еsa yakunlovchi usullardagi marshrutlarni qо‟llash
mumkin.
Yakunlovchi va birinchi usullardagi marshrut asosida о‟rtacha о‟tuvlar aro
usullar о‟rnatiladi. Bunda har bir yakunlovchi usulga, bitta yoki bir-nechta
о‟tuvlararo usullar tо‟g‟ri kelishi mumkin. Masalan: teshikni toza razvertkalashdan
avval dastlabki razvertkalash, dastlabki razvertkalashdan avval еsa toza zenkerlash
yoki parmalash о‟tkazilgan bо‟lishi mumkin.
Marshrut tuzishda har bir keyin keluvchi usul oldingisidan aniqroq bо‟lishi
kerakligiga ahamiyat beriladi. Yuzalarga ishlov berish marshrutini tanlash shu
yuzalarga qо‟yimlar о‟rnatish bilan bog‟liq. Berilgan yuzalarga о‟rnatiluvchi
marshrutlar soni bir-qancha bо‟lishi mumkin. Ammo еffektivligi va rentabelliligi
bо‟yicha bir xilda bо‟lmaydi. Bu kо‟rsatkichlar bо‟yicha marshrut tanlash
murakkab va sermehnat masaladur. Bu masalani hal qilish uchun tiplik marshrutlar
normativlari tuzilsa ancha engillashishi mumkin. Marshrut variantlari sonini tajriba
asosiga kо‟ra kamaytirish mumkin. Masalan, shu yuzani bir о‟rnatuvda ketma-ket
о‟tuvlar yordamida bir stanokda bajarish yо‟li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: