3 mundarija
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
67 11.1-rasm. G‟adir-budirlikning profili va parametrlari G‟adir-budirlik uch parametr R a ,R z va R max , ikkita qadam parametri S, S m va t p mikroprofil nisbiy tayanch uzunligi bо‟yicha baholanadi. Ra-profilni о‟rtacha arifmetik og‟ishi deb ataladi. (11.1-rasm). R l y dx a 1 0 1 yoki taxminan bunda n-l bazaviy uzunlikda tanlangan nuqtalar soni; y i - profilning og‟ishi, ya‟ni profilning har qanday nuqtasi va о‟rta chiziq orasidagi masofa. Y masofa ishorasiga qaramasdan olinadi, ya‟ni chiziq usti va osti m ordinatasi kabi (11.1 - rasm ). R z parametr - о‟nta nuqta bо‟yicha notekisliklar balandligi - bazaviy uzunlik oralig‟ida, profil bо‟rtiqlarining beshta еng katta balandliklari va botiqlarining еng katta chuqurliklari о‟rtacha absolyut qiymatlarini yig‟indisini bildiradi; R H H z i i i i 1 5 1 5 1 5 max min bunda, H imax - profilning beshta еng katta maksimumlarining og‟ishi; H imin - profilning beshta еng katta minimumlarining og‟ishi. Profilning о‟rinli bо‟rtiqlarining S о‟rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig‟ida о‟rinlik bо‟rtiqliklar qadamini о‟rtacha qiymatiga aytiladi. Profilning notekisliklarini S m о‟rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig‟ida о‟rtacha chiziq bо‟yicha profil notekisliklari qadamini о‟rtacha qiymatiga aytiladi. Profil r tayanch uzunligi bazaviy uzunlik oralig‟ida о‟rta chiziqqa parallel bо‟lgan mikronotekisliklar chizig‟idan berilgan kesimda ajratiluvchi bо‟laklar uzunliklari yig‟indisi bilan aniqlanadi. Profil t p nisbiy tayanch uzunligi, profil tayanch uzunligini bazaviy uzunlikka bо‟lgan nisbati bilan aniqlanadi. n 1 i i p b l 1 l tp bunda r - profil kesimi darajasi; b i mikrobо‟rtiqda ajratiluvchi bо‟lak uzunligi. G‟adir-budirliklarni balandlik parametrlarining korrelyasion bog‟liqligi mavjud. Yassi balandlik va pardozlov - mustahkamlovchi ishlov berish uchun о‟rtacha R max = 5,0 R a , R z = 4,0 R a ; yо‟nish, randalash, frezalash uchun R max = 6,0 R a , R z = 5,0 R a ; qolgan ishlov berish usullari uchun R max = 7,0 R a , R z = 5,5 R a . G‟adir-budirlikni baholash uchun oltita parametrni kiritilishining asosiy fikri shundan iboratki, ularning yordamida detallarni xizmat vazifalariga va еkspluatasiya qilish sharoitiga bog‟lab, g‟adir-budirlikni reglamentlashtirishdir. 3. Sirt g‟adir-budirligi. 68 Sirt g‟adir-budirligi detallarni xizmat vazifasiga va еkspluatasiya qilish sharoitlariga kо‟ra konstruktor tomonidan tayinlanadi. Berilgan g‟adir-budirlik ishlab chiqarish jaryonida ta‟minlanadi. Tutashtirilgan yuzalarni еkspluatasiya qilishning birinchi bosqichida ularning ishlovchanligi yuzaga keladi. Sirt g‟adir-budirliklari о‟zgaradi, tutashtiriluvchi detallar еsa, о‟zga sharoitda ishlay boshlaydilar. Ishlovchanlik jarayoni mashinalarning xizmat qilish muddatiga sezilarli ta‟sir kо‟rsatadi. Yuzalarga ishlov berish usuliga bog‟liq holda ishlovchanlik jarayonining intensivligi har xil bо‟ladi. Ко‟rinib turibdiki, mashina detallarini yuzalariga g‟adir-budirlik parametrlarini tayinlash bilan konstruktor mashinalar va ularning detallarini sifatli tayyorlashga ta‟sir kо‟rsatadi. Shuning uchun ham Rossiya standarti bо‟yicha g‟adir-budirlikning oltita parametri taklif еtilgan. G‟adir-budirlikka ta‟sir qiluvchi faktorlarga: V-kesish tezligi, S- curish va keskichning - oldingi va - orqa burchaklari sezilarli ta‟sir kо‟rsatadi. 11.2 - rasmda g‟adir-budirlikka V- tezlik va S- surilishlarning ta‟sirini ifodalovchi grafiklar kо‟rsatilgan. Qovushqoq materiallarga ishlov berishda keskichlarda о‟simtalar hosil bо‟lganligi uchun R z ning еng katta qiymati 20...25 m/min tezlikda hosil bо‟ladi. Biroq, kesish tezligini oshirish bilan о‟simta paydo bо‟lish еffekti pasayadi va g‟adir-budirlik kamayadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling