Tadbirkorlik kreditida foizlarni ko’payitirish va to’lash. Bu holda kreditni ochish vaqtida asosiy qarzga qo’shiladigan kreditning barcha to’loviga bir martalik hisoblash metodi ishlatiladi. kredit to’lovi n yil davomida yiliga m marta davomiylikda amalga oshadi, ya’ni foizli qarzni uzish kreditning butun muddati davomida qismlar bilan to’lanadi. Bu holda qarzning ko’payish to’lovi quyidagicha bo’ladi:
to’lovni bir martalik uzish summasi esa quyidagicha bo’ladi:
bu yerda S – qarzning ko’paygan to’lovi; P – ssudaning boshlang’ich to’lovi; n – kredit muddati; m – yiliga to’lovlar soni.
Oddiy foizli stavka bo’yicha diskontirlash va hisoblash. Diskontirlash keyin keladigan vaqt muddatiga ko’rsatkich qiymatini hisoblashni bildiradi. Berilgan masala foizni teskari ko’payishi hisoblanadi, ya’ni S bo’yicha P aniqlanadi. Bu holda S to’lov diskontirlanadi (yoki hisoblanadi), foizlarni hisoblash ularni ushlab qolish jarayoni esa hisoblash (uchyot) deyiladi, ushlab qolingan foizlar esa – diskont deyiladi.
Diskontirlash yordamida topilgan P to’lov zamonaviy mablag’ narxi deyiladi.
Foizli stavka ko’rinishi bilan bog’liq holda diskontirlashning ikki ko’rinishi ishlatiladi: matematik diskontirlash va bankli (tijorat) hisobi.
Matematik diskontirlashda diskont koeffisenti va (S) qarzning butun to’loviga (D) diskont hisoblanadi:
Shunday qilib, ssudaning boshlang’ich to’lovini ko’payishiga teskari masala yechiladi, ya’ni muddat oxirida qarzga S to’lovni i stavka bo’yicha foizlarni olish uchun qanday boshlang’ich to’lovni qarzga berish aniqlanadi. Bunda 1/(1+ni) ga teng diskont koeffisenti oxirgi to’lovda qarzning boshlang’ich to’lovi qanchaligini aniqlaydi.
Bankli (tijorat) hisobida foizlar d hisob stavkasiga mos ravishda muddat oxirida to’lanadigan to’lov hisoblanadi:
ya’ni diskont koeffisenti P = (1 - nd).
Oddiy hisob stavkasi ko’pincha to’lovni ko’paytirish hisobiga qo’llaniladi. agar qarzning joriy to’lovi ma’lum bo’lsa va uning keyingi qiymatini aniqlash kerak bshlsa, u holda quyidagicha hisob stavkasi hisoblanadi:
qayerdaki - - ko’payish koeffisenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |