3. Murakkab hisoblash ishlarini bajarish. Moliyaviy hisoblashlarning modellari va metodlari Moliyaviy-iqtisodiy hisoblashlarning modellari va metodlari


Moliyaviy funksiyalarni qo’llab hisoblashlarni bajarish va ma’lumotlarni tahlil qilish


Download 0.56 Mb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1624570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

12.2. Moliyaviy funksiyalarni qo’llab hisoblashlarni bajarish va ma’lumotlarni tahlil qilish
Korxona va firmalarning moliyaviy faoliyatida qo’llaniladigan ma’lumotlarni tahlil qilish va hisob-kitob ishlarini bajarish uchun Excel jadval prosessori bir qancha qurilgan funksiyalarga ega. Hisob-kitob ishlarini bajarish quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:

  • ish stolida alohida yacheykalarda funksiyalarning asosiy argumentlarining qiymatlari tayyorlanadi;

  • qurilgan moliyaviy funksiyani ishlatadigan formulani kiritish uchun kursor yangi yacheykaga o’rnatiladi;

  • menyudan Vstavka va Funksiya buyruqlari yordamida yoki Standartnaya asboblar panelidan shu nomdagi tugmani bosib Master funksiy chaqiriladi.

  • Muloqot oynasida paydo bo’lgan oynada Finansovыye funksiya kategoriyasi tanlanadi (12.1-rasm). Natijada paydo bo’lgan ro’yxat tanlangan kategoriyaning mavjud funksiyalarining to’liq ro’yxatidan iborat bo’ladi. Ochilgan muloqot oynasining quyi qismida tanlanayotgan funksiyaning vazifalari haqida qisqacha sintaksis va ma’lumotnoma keltirilgan;


12.1-rasm. Master funksiya ni chaqirish oynasi

12.2-rasm. Funksiya argumentlarini kiritish uchun muloqot oynasi

  • ro’yxatdan hisoblash uchun zarur bo’lgan moliyaviy funksiya tanalanadi, uning nomining ustiga kursor keltiriladi, natijada argumentlarni kiritish uchun muloqot oynasi paydo bo’ladi (12.2-rasm). Har bir moliyaviy funksiya uchun tarkibi va formati bo’yicha tartiblangan argumentlar ro’yxati mavjud. muloqot oynasining kiritish maydoniga argumentlar qiymatidan iborat yacheyka manzilining havolasini ham, argumentlar qiymatini ham kiritish mumkin. tanlangan qurilgan funksiya bilan ishlashni bekor qilish uchun [Otmena] tugmasi bosiladi;

  • Qurilgan funksiya qiymatini hisoblashni bajarish uchun [OK] tugmasi bosiladi.

Bundan tashqari, funksiya ustasini chaqirmasdan, qurilgan moliyaviy funksiyalarning nomi va parametrlaridan iborat formulalarni bevosita kiritish mumkin. Bunday holda formulani kiritishda avval tenglik belgisi qo’yiladi, keyin sintaksisga mos ravishda tuzilgan ketma-ketlikda funksiya nomi va katta qavslarda uning argumenti ko’rsatiladi. Argmentlar ajratuvchisi sifatida Windows tizimining sozlanmasida tanlangan odatiy ajratuvchi nuqta-vergul yoki vergul ishlatiladi. Funksiyaning alohida argumentlari konstanta ham, yacheyka manzillariga havola ham bo’lishi mumkin. Masalan, formula quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: =DOXOD(B16;B17;0,08;47,727;100;2;0).
Moliyaviy funksiyalar argumentlarining qiymatlarini berish spesifikalarini ko’rib chiqamiz.

  1. Pul vositalarining (masalan, yillik to’lovlar) harajatlarini bildiradigan barcha argumentlar manfiy sonlar bilan, daromad esa (masalan, dividentlar) musbat sonlar belgilanadi.

  2. Barcha sanalar funksiya argumentlari sifatida sonli format ko’rinishiga ega, masalan 1 yanvar 1995 yil (12.3-rasm) 34700 soni bilan tasvirlanadi. Agar data turidagi argument qiymati yacheykadan olinsa (masalan, data_sogl – V16 yacheykasiga havola), u holda sana yacheykada oddiy ko’rinishda yozilishi mumikn: 1.01.95.


12.3-rasm. Sanani o’zgartirish funksiyasini kiritish oynasi

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling