3. Mustaqillik yillarida madaniy hayot. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi
Download 96.5 Kb.
|
Mavzu № 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi. 5.O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari
Mavzu № 10. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT. Reja: 1.Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi. 2.Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning tiklanishi. 3.Mustaqillik yillarida madaniy hayot. 4.Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi. 5.O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari. 1. Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi.Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog’liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan o’zgarishlar ro’y berdi. Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishiga aylandi. Joylarda ma‘naviyat bilan bog’liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo’lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifa xalqimiz orasida katta ma‟rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta‟sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir" (Karimov I.A O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: O’zbekiston, 1999. B. 16.) . Darhaqiqat, mustaqil O’zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bo’lgan bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‘naviyatini shakllantirish. Bir so’z bilan aytganda, ozod, o’z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bo’ldi. Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg’otuvchi va doimiy harakatdagi kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bo’sag’asida ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma‟naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta‟sirchanligini kuchaytirishdir" (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: O’zbekiston, 2000. B. 24). 1994 yil 23 aprelda mamlakatimiz ma‘naviy hayotida muhim voqea yuz berdi. Respublika Ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Ushbu markaz qisqa davr ichida xalqimizning boy ma‘naviy merosini o’rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish bo’yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarini bevosita ja-moatchilik yo’li bilan rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu yo’nalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 sentabrdagi Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risidagi Farmoni jamiyatni ma‘naviy barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonga asosan, 1997 yildan boshlab 1 oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni deb e‘lon qilindi, Ma‘naviyat nashriyoti tashkil etildi, Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi qoshida Oltin meros xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish, ayniqsa, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta e‘tibor berildi. Ma‘lumki, mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining muhim o’choqlaridan biri sifatida ko’plab tarixiy-madaniy, me‘moriy yodgorliklarga ega. Biroq, sobiq Ittifoq davrida ularni saqlash, ta‘mirlash ishlari qoniqarsiz ahvolda edi. Istiqlol esa noyob obidalarni saqlash, ularni kelgusi avlodlarga bekamu ko’st yetkazish imkonini berdi. Sobiq tuzum davrida 6700 dan ortiq madaniy va tarixiy yodgorliklarni ta‘mirlash ishlariga 1990 yilda 12,4 mln. so’m ajratilgan bo’lsa, 1992 yilda respublika byudjetidan bu maqsadga ajratilgan mablag’lar 65,4 mln. so’mni tashkil etdi. Jumladan, 1991-1997 yillar davomida Samarqand madaniyat va tarixiy yodgorliklarini ta‘mirlash ustaxonasi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 20, Shahrisabz ustaxonasi bajargan ishlar hajmi 23 barobar oshdi. 1997 yilda Buxoroda 366 mln. so’m, Xivada 185 mln. so’m, Amir Temur nomi bilan bog’liq qadamjolarni ta‘mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi bo’yicha 250 mln. so’m hajmidagi ishlar amalga oshirildi. 1999 yilda ushbu maqsadlar uchun 700 mln. so’m ajratilgan bo’lsa, bu raqam 2000 yilda 750 mln. so’mga yetdi Sovetlar mustabid tuzumi sharoitida o’zbek milliy madaniyati ko’p zarar ko’rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura namoyondalari ham o’zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, uning milliy madaniyatini yo’q qilishga urindilar. O’zbek xalqi katta yo’qotishlarga qaramasdan, o’zligini, o’z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Bu esa mustamlakachilar davrida yo’qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, o’zligini anglash imkonini berdi. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yaxshilash, uni yangi sifat darajasiga ko’tarish, fuqarolarning ilmiy, ta‘lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish masalalariga ham alohida e‘tibor berildi. Shu maqsadda 2006 yil 20 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidenting Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni tashkil etish to’g’risidagi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorni amalga oshirish natijasida respublikada axborot-kutubxona muassasalarining umumiy soni 12 mingdan ortdi, shu jumladan, axborot-kutubxona markazlari 1863 tani, davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari kutubxonalari esa 9 mingdan ortiqni tashkil etdi. Kutubxonachilik sohasiga zamonaviy kompyuter va multimediya texnologiyalarini joriy etish orqali axborot-kutubxona muassasalarida to’liq matnli elektron resurslarni o’z ichiga olgan elektron katalog orqali ma‘lumotlarni tezkor izlash imkoniyatini ta‘minlovchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi. Ayni paytda O’zbekistonda yosh iqtidorlarni qo’llab-quvvatlash, yuqori malakali madaniyat xodimlari tayyorlash ishiga ham katta e‘tibor berilmoqda. Respublikada sohaga ixtisoslashgan oliy ta‘lim muassasalari, san‘at va madaniyat kolleji va akademik litseylar faoliyat yuritmoqda. Ularda o‘ minglab talaba ta‘lim olmoqda. Yoshlar iqtidorini kashf etish va qo’llab-quvvatlash maqsadida turli respublika tanlovlari va festivallari o’tkazilmoqda. Jamiyat ijtimoiy-madaniy, siyosiy barqarorligini ta‘minlashda milliy istiqlol g’oyasining roli tobora ortib borayotgani kabi, boshqa tomondan, mazkur qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini keng targ’ib etishda madaniyat muassasalarining o’rni yanada oshmoqda. Ta‘kidlash lozimki, mustaqillik yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta‘lim tizimi, muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog’lari ommaviy madaniyat muassasalari sifatida millionlab aholiga ma‘naviy-ma‘rifiy xizmat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi davr shiddati ta‘lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat‘iy talablarini qo’ymoqda. Ushbu talablar doirasida ta‘lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma‘naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta‘lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tarbiya va ta‘limni bir-biridan alohida ajratib bo’lmaydi, bu ikki jarayon o’zaro uyg’un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma‘naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo’lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. 2019-yil 3-mayda O’z.R Prezidentining “Ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori (PQ-4307) qabul qilindi. 2019-yil 23-avgust kuni O’z.R Prezidenti SH.M.Mirziyoyev huzurida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o’qituvchi mavqeini oshirish” masalalariga bag’ishlangan videoselektor majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida 2019-yil 31-dekabrda “Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi” qabul qilindi (Vazirlar Mahkamasining 1059-sonli qarori). 8 ta bob va 70 banddan iborat Uzluksiz ma‘naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr – homila davri, ikkinchi davr – bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr); ikkinchi bosqich – maktabgacha ta‘lim 3-6 (7) yoshgacha bo’lgan davr; uchinchi bosqich – umumiy o’rta ta‘lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr – 7 (6)-10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr – 11-17 yosh o’rta va yuqori sinflar); to’rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr-o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar – 17-30 yosh, ikkinchi davr-o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta‘lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh). Konsepsiya doirasida 2020-2021-oq‘uv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida I-XI sinflar uchun Odobnoma, Vatan tuyg’usi, Milliy istiqlol g’oyasi va ma‘naviyat asoslari, Dinlar tarixi fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fani joriy qilindi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling