3. Nochiziqli va parametrik elementlar. Nochiziqli zanjirlarda tebranishlarni spektral analiz usullari Reja
Download 261.16 Kb.
|
3. Nochiziqli va parametrik elementlar. Nochiziqli zanjirlarda t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transendent funksiyalar bilan approksimatsiyalash.
Bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimatsiyalash. Nochiziqsiz zanjirlar kirish signalining katta amplitudalari bilan ishlaganda, darajali approksimasiyai yaxshi natijalarni bermasa, bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimatsiyalash qo'llaniladi. Bu turdagi approksimatsiya nochiziqli elementlizanjirlarni tahlil etishni osonlashtiradi. Bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimatsiyada nochiziqli elementning real VAXsi bir necha qismlarga ajratiladi va har bir qismi turli qiyalikli to‘g‘ri chiziqlar bilan almashtiriladi. Misol uchun, 3.5-rasmda keltirilgan VAXni approksimatsiyalash kerak bo‘lsin. Ushbu tavsifni 4 qismga bo‘lamiz va ularni to‘g‘ri chiziqlar bilan approksimatsiyalaymiz.1-qismda i=0, chunki u<u1 va S=0; 2-qismda i= S∙u, chunki u1≤ u≤ u2va S≠0; 3-qismda i=Is, chunki u2≤ u≤ u3 va S=0; (3.14) 4-qismda i= S1∙u, chunki u3≤ u≤ u4 va S1≠0, S1<0. Bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimatsiyalash siniq chiziq bilan approksimatsiyalash deb ham ataladi va NEdan kuchli kuchlanish berish holatida, ya’ni uning VAXsi o‘tayotgan tokning eng kichik qiymatidan eng katta qiymatigacha qismidan foydalanilganda qo‘llanadi. 3.5-rasm. Murakkab volt-amper xarakteristikani bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimatsiyalash Transendent funksiyalar bilan approksimatsiyalash. Bir qator hollarda nochiziqli elementlarning volta-amper xarakteristikalarini approksimatsiyalashda transendent funksiyalardan ham foydalaniladi. Bu funksiyalarning koeffitsiyentlari ma’lum bir qonuniyatga asosan tanlanadigan darajali qatorga yoyish mumkin. Koeffitsiyentlarni tanlash har bir qonuniyati yangi transendent funksiyani keltirib chiqaradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, transendent funksiya bilan approksimatsiyalash juda yuqori darajali polinom bilan approksimatsiyalash natijasini beradi. Nozichiqli elementlarning VAXlarini approksimatsiyalash uchun turli transendent funksiyalar taklif etilgan (arktangenssimon, normal integral taqsimoti funksiyasi va h.k.). Ushbu funksiyalardan biri giperbolik tangens funksiyasi bo‘lib, uni radiotexnik olim N.N. Krilov tavsiya etgan. Dastlab funksiyani elektron lampa (triod, pentod)larning anod-setka xarakteristikalarini approksimatsiyalash uchun taklif etildi. Giperbolik tangens funksiyasi quyidagi umumiy ko‘rinishga ega (3.15) Nochiziqli elementlarning VAXsini giperbolik tangens funksiyasi bilan approksimatsiyalashning asosiy afzalligi, u nochiziqli element xarakteristikasi qiyaligining o‘zgarishini (birinchi va ikkinchi xosilasi) yetarli darajada aniq baholaydi. VAX qiyaligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan radiotexnik jarayonlarni tahlil etishda bu asosiy approksimatsiyalash usuli hisoblanadi. Misol uchun, radioqabullash qurilmasi kuchaytirish kaskadi kirishiga foydali signal bilan birga kuchli xalaqit signali ta’sir etganda yuz beradigan modulyatsiya ko‘chishi, blokirovkalanish, signallar shaklining nochiziqli buzilishi kabi jarayonlarini o‘rganishda juda qo‘l keladi. Hozirda radioqabullash qurilmalari dastlibki kaskadlarida maydon tranzistorlaridan foydalaniladi. Ularning stok-zatvor xarakteristikalarini approksimatsiyalashda giperbolik tangens funksiyadan foydalanish mumkin. Elektron lampalar anod-setka va maydon tranzistorlarining stok-zatvor xarakteristikalari giperbolik tangens funksiyasiga o‘xshash (3.5-rasm). 3.6-rasm. Giperbolik tangens funksiyasi grafigi 3.7-rasm. NE VAXsini giperbolik tangens funksiyasi bilan approksimatsiyalash Giperbolik tangens funksiyasi argument ning nisbatan kichik qiymatlari uchun yuqori aniqlik (2,0% gacha) bilan argument qiymatiga teng, argumentning katta qiymatlari uchun (xatolik 4,0% dan kam) bo‘ladi va bo‘ladi. Elektron lampa va maydon tranzistorlarning , xarakteristikalarini giperbolik tangens funksiyasi (3.15) bilan approksimatsiyalangandda undagi koeffitsiyentlari quyidagicha aniqlanadi: bunda, – funksiya asosiy chiziqli qismining qiyaligi ( nuqtaga nisbatan); – nochiziqli elementning to‘yinish toki va tokning ish nuqtasiga mos keluvchi boshlang‘ich tok qiymatlari keltirilgan belgilashlar asosida (3.15) ifodani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz . (3.16) Signallarni uzatish nazariyasida va radiotexnikada birinchi va to‘rtinchi approksimasiyalovchi funksiyalar eng ko‘p ishlatiladi. Nochiziqli elementning kirishiga amplitudasi kichik bo‘lgan signal berilsa, u xolda nochiziqli elementning VAX si darajali polinomlar yordamida approksimasiya qilinadi. Agarda nochiziqli elementning kirishiga amplitudasi katta bulgan signal berilsa u xolda nochiziqli elementning VAX si bo‘lakli to‘g‘ri chiziqli approksimasiya qilinadi. Download 261.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling