3-shaxsiy topshiriq
Download 0.96 Mb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taʻrif 1.
- Я.К. Кольде “Практикум по теории вероятностей и математической статистике”
3-SHAXSIY TOPSHIRIQTANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI. Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi: Ranjirlangan variatsion qator; Diskret variatsion qator; Oraliqli variatsion qator. Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi. Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi. Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan 𝑥𝑖 variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari 𝑛𝑖 lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi. Misol. Aytaylik potokda 50 ta talaba boʻlib, ulardan oldingi semestrda matematika fanidan 1-imtixon natijalari haqida maʼlumot yigʻildi deylik. Natijada 2, 3, 4, 5 baholardan iborat boʻlgan aralash-quralash 50 ta songa ega boʻlamiz. Demak tanlanma hajmi n=50 katta, 𝑥𝑚𝑖𝑛 = 2, 𝑥𝑚𝑎𝑥 = 5 lar orasidagi farq esa kichik bolgani uchun, bunday maʼlumotlarni tahlil qilish uchun diskret variatsion qator tuziladi. Aytaylik 12 kishi 2 baho, 14 kishi 3 baho, 18 kishi 4 baho, 6 kishi 5 baho olganligi sanab chiqdik deb faraz qilsak, bu maʼlumot quyidagicha diskret variatsion qator koʻrinishida yoziladi:
QUYIDAGICHA ISHLAR AMALGA OSHIRILSIN Har bir talaba guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos variant maʼlumotlarini Я.К. Кольде “Практикум по теории вероятностей и математической статистике” nomli kitobdan (105-148 betlar) olib, quyidagicha ishlarni amalga oshirishi lozim. Hisoblashlar ikki xil usulda amalga oshirilsin: Formulalar yordamida talabaning oʻzi mustaqil ravishda. Excel dasturlar paketi yordamida. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling