3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi


Download 207 Kb.
bet2/33
Sana08.01.2022
Hajmi207 Kb.
#252681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5269578367115461090

3- nazorat ishi. Diktant

Bahodir

Bahodir ikkinchi sinfda o`qiydi, u o`z vaqtida dars tayyorlagani uchun yaxshi o`qiydi.Bahodir a`lochi. Darsdan so`ng dam oladi, ovqatlanadi. So`ng dars tayyorlashga o`tiradi. Avval matematikadan berilgan masalalarni yaxshi o`ylab, to`g`ri bajaradi. Keyin yozuvdan berilgan vazifaga kirishadi. Rasm darsida berilgan topshiriqlarni ham yaxshi bajaradi. ( 44 ta so`z)

Topshiriq:Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarni tagiga chizing.
4- nazorat ishi. Diktant

Ob-havo taqvimi

Biz ob-havo taqvimi yuritamiz O`qituvchimiz turli belgilar qo`yishni o`rgatadi. Har kuni haroratni o`lchaymiz. Bu havoda qanday o`zgarish bo`-lishini aniq bilishga tordam beradi.

Har oyning oxirida kuzatganlarimizga yakun chiqaramiz. Yog`inli va ochiq kunlarni belgilaymiz. Bu ishlarni biz qiziqib bajaramiz. [42 ta so’z]

Topshiriq: Matnda nechta gap bor ? Bular qanday gap.


5- nazorat ishi.

Test.

  1. Nutq nimalardan tuziladi? A) gaplardan. B) so’zlardan. D) bo’g’inlardan.

  2. Gap nimalardan tuziladi. A) bo’g’inlardan. B) so’zlardan. D) tovushlardan.

  3. Noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning yozma shakli. B) matn gaplardan tuziladi. D) matnda gaplar mazmun jihatdan bog’lanmaydi.

  4. Ikki yaproq bir tanda, kezar yozda chamanda. Ajratib ko’rsatilgan so’zga yaqin ma’noli so’z toping. A) novda. B) barg. D) kurtak.

  5. Darak Talaba,qizil, bog’bon,chaqmoq,stol,kitob. Ushbu so’zlardan shaxs nomini bildiruvchi so’zlarni toping. A) qizil,chaqmoq. B) stol,kitob. D) talaba,bog’bon.

  6. Qanday so’zlar kim nima so’rog’iga javob bo’ladi? A) saxs narsaning nomini bidirsa. B) shaxs narsaning belgisini bildirsa. D) shaxs narsaning harakatini bildirsa.

  7. Berilgan xususiyatlardan qaysi biri unli tovushlarga xos emas. A) havo to’siqqa uchramaydi. B) bir unli tovush bo’g’in xosil qila oladi. D) unli tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi.

  8. Harflarning tartib bilan joylashishi qanday nomlanadi? A) so’z. B) alifbo. D) gap.

  9. Alifboda nechta harf bor? A) 23ta. B) 29ta. D) 30ta.

  10. Kun-tun so’zlardagi qaysi tovush ma’noni o’zgartiryapti? A) k,t. B) n. D) u.

  11. gap nima? A) biror narsa voqea xaqidagi xabrni bildirgan gap. B) biror narsa haqidagi so’rash maqsadini bildirgan gap. D) buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gaplar.

  12. His-hayajon gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqta. B) so’roq. D) undov.

  13. Qanday gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. A) dark gap. B) so’roq gap. D) his-hayajon gap.

  14. Buyruq gapni belgilang. A) kapalaklar guldan gulga qo’nardi B) sen sportning qaysi turiga qiziqasan D) chiroyli yozishni mashq qilgin.

  15. Dilban.,farzan.. ushbu so’zlarda qaysi undoshlar tushurib qoldirilgan? A) d,t. B) d,d. D) t,t.

  16. B,g,z jarangli undoshlarining jarangsiz juftini toping. A) x,p,q. B) p,k,s. D) f,h,ch.

  17. Childirmakash so’zi qaysi javobda to’g’ri bo’g’inga ajratilgan? A) chil-dirm-akash. B) chil-dir-makash. D) chil-dir-ma-kash.

  18. Oyim mazali ovqat pishirdi. Belgini bildirgan so’zni toping. A) oyim. B) mazli. D) pishirdi.

  19. Harf birikmalarini yozing. __________________________.

  20. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing. _________.

  21. Ko’ngil so’zini bo’g’inga ajrating._____________________.

  22. Ikkita tovush bildirgan harfni yozing.___________________.

  23. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?_________________________________.

  24. Baland so’ziga zid ma’noli so’z yozing,________________.

  25. Yonma-yon kelgan bir xilundoshli so’zlardan misol yozing.______________________________________________.



Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling