3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi


Download 207 Kb.
bet7/33
Sana08.01.2022
Hajmi207 Kb.
#252681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
2 5269578367115461090

13-nazorat ishi, Test.

  1. Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? . A) qanday?, qanaqa? B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?

  2. Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima?. D) nima qildi?, nima qilyapti?

  3. Fe’l so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?

  4. Tabiat xodisalarini bildiruvchi otlarni belgilang. A) bo’yoqchi, paxta, farzand. B) yomg’ir, chaqmoq, bo’ron. D) cho’pon, poyezd, soatsoz.

  5. Nima so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping. A) qalam,ruchka,kitob. B) o’quvchi, karam, dehqon. D) qush,bog’bon, tarvuz.

  6. Ko’plikdagi ot ishtirok etgan gapni belgilang. A) O’quvchi topshiriqni to’g’ri bajardi. B) Ayvonga qaldirg’och in qurdi. D) Kutubxonada kitoblar saqlanadi.

  7. Ot yasovchi qo’shimchani toping. A)-la, -illa. B) –li,-siz,-dor. D)-chi,-kor,-dosh.

  8. Sifat yasovchi qo’shimcha qatnashgan so’zlarni belgilang. A) sharafli. B) paxtazor. D)ishchi.

  9. Fe’l turkumiga oid so’zlarni belgilang. A) kuladi. D) yoqimli. D) buvimga.

  10. Berilgan so’zlardan gap tuzing. Osmonda,yulduzlar,bepoyon, ko’rindi. A) Ko’rindi yulduzlar bepoyon osmonda. B) Yulduzlar osmonda bepoyon ko’rindi. D) Bepoyon osmonda yulduzlar ko’rindi.

  11. Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gaplarni belgilang. A) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. B) Yozda men shahar… yshadim. D) Tongda hovli… chiqdim.

  12. Asosi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuvchi. B) yozma. D) yovuz.

  13. Gapda nechta fe’l borligini aniqlang. Rizamat ota tokni qirqish,homtok qilish, oziqlantirish,turli tok navlarini o’stirish va parvarish qilishni yaxshi biladi. A) 3ta. B) 5ta. D) 6ta.

  14. Tartibni bildirgan son ishtirok etgan gapni toping. A) Oilamizda ikki qiz,to’rt o’g’il edik. B) Tovuq yeti hazinaning biri. D) Alisher Navoiy o’n beshinchi asrda yashagan.

  15. Sanoq son ishtirok etgan gapni belgilang. A) Akam oltinchi sinfda o’qiydi. B) Yigit kishiga yetmish hunar ham oz. D) Sakkizinchi dekabr Konstitutsiya bayrami.

  16. Sifatlar gapda qaysi so’z turkumiga bo’g’lanadi. A) otga. B) fe’lga. D) songa.

  17. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? A) kishilarning ismi va familiyasi. B) shahar nomlari. D) a va b to’g’ri.

  18. Qaysi gapda ma’no jihatdan bo’g’lanmagan so’z ishtirok etgan? A) Bodom daraxti oppoq gulladi. B) Bog’imizda qovun,tarvuz kabi shirin mevalar pishdi. D) Chumolilar mehnatkash hasharotlardir.

  19. Son qanday so’roqqa javob bo’ladi? ______________________.

  20. Tartib sonning qo’shimchasini yozing. ____________________.

  21. So’roq gap tuzing. _____________________________________.

  22. Gapning egasiga qanday chiziq chiziladi? ___________________.

  23. Tort bo’g’inli so’z yozing. _______________________________.

  24. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima? ____________________.

  25. Bugun go’zal tabiat yanada ko’rkamlashgan. Kesmni toping. ___.

14- nazorat ishi. Diktant

Tugmacha qo`ng`iz

Bolalar chiroyli qo`ng`izcha ushlab olishdi.Uning boshi qop-qora. Qanot-larida esa qip-qizil xollari bor. U qo`rqib , qimirlamay yotardi.

Uni tugmacha qo`ng`iz yoki xonqizi ham deyiladi. Tugmacha qo`ng`iz ju-da foydali. U barglarga tushgan shirani yeydi.Bolalar tugmacha qo`ng`izni tomosha qildilar, so`ng uni gulga qo`ndirdilar. Qo`ng`iz qanot qoqdi va uchib ketdi. ( 52 ta so`z)

Topshiriq:Sifatlarni belgilang.



Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling