6- nazorat ishi. Diktant
Qushlar bizning do`stimiz
Biz tog` yonbag`rida yashaymiz. Tog`da qushlar ko`p bo`ladi. Bu yer ular uchun shavqin va xatardan xoli. Lekin bahor va kuzgi jala ularni bezovta qiladi. Biz qushlar uchun in yasadik. Inlarni ko`rinarli joyga o`rnatdik. Qush-
lar beozor yashamoqdalar. Palaponlari ham katta bo`lib qoldi. Qushlar bizning do`stimiz. ( 46 ta so`z)
Topshiriq: 1,2,5 gaplarning bosh bo`laklarini belgilang.
7- nazorat ishi. Diktant
Alisherning quyonlari
Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o`tdi. Alisher to`rt-tinchi sinfga ko`chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi.Quyon-lardan o`ntasini jamoa xo`jaligiga topshirdi. Xo`jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg`a qildi. ( 47 ta so`z)
Topshiriq:Birinchi gapdagi so`zlarning o`zaro bog`lanishini bering
chizmada ko`rsatib.
Do'stlaringiz bilan baham: |