3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi


Download 207 Kb.
bet5/33
Sana08.01.2022
Hajmi207 Kb.
#252681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5269578367115461090

10- nazorat ishi. Diktant

Bularni hamma bilishi kerak

Baxtsiz hodisalar uyda, maktabda, safarda,ko`chada ro`y berishi mum-kin. Bunday paytda birinchi yordam berishni bilish kerak. Odam yaralan-ganda darhol bog`lab qo`yish kerak. Agar elektr toki ursa, tokni tezda uzib, simni yog`och bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan odam nafas olmasa, sun`iy nafas oldirish kerak. ( 47 ta so`z)

Topshiriq: So`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar qatnashgan so`zlarni

aniqlang.



11- nazorat ishi. Diktant

Qorli tog`

Yakshanbada Chimyonga bordik. Sovuq aytarli qattiq emas. Qalin qor yog`gan. Tog` cho`qqisini pag`a-pag`a bulutlar qoplagan. Quyosh bulutlar orasidan nur sochmoqda.

Tog` etagidagi tepalikda chana uchayotgan bolalarni va katta yoshdagi kishilarni ko`rdik.Yigit va qizlar tog` cho`qqisi tomon ko`tarilmoqda. Ular chang`ida pastga tushadilar. [45 ta so’z] Topshiriq:Birlikda va ko`plikda kelgan otlarni aniqlang.


Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling