II. Amaliy topshiriq
Ishlab chiqarishdagi yoritilganlikni hisoblash
2.1. Mashg’ulot maqsadi.
Uchta usul yordamida E-yerning umumiy bir tekis yoritilshini taminlovchi yorituvchanlikli yoritilish qurilmasining S1 - shiftdan, S2 - devordan, S3 - yerdan akslanish koffitsientlari va H - balandlikdan, L - uzunlikli, b - kenglikli o’lchamli ishlab chiqarish binosi uchun yorug’ chiziq va solishtirma quvvat, yorug’lik oqimini qo’llash koffitsienti bo’yicha xisoblang. Qo’llaniladigan chiroqlar: turi – SOL (sanoatdagi osma lyuminesentli) 01-2·40. Chiroqlar shiftdan 0.3m masofada osilgan.
Insonga ko’rinadigan yorug’lik tabiatiga ko’ra - 380 dan 770 nm gacha uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar.Asosiy yorug’lik texnikaviy kattaliklarga yorug’lik oqimi, yorug’lik kuchi, ravshanlik, yoritilganlik , akslanish koeffitsienti taaluqli bo’ladi.
Sifat ko’rsatkichlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
Tusi;
Kontrast (foto yoki televizorda yorugh’lik yoki ranglarning keskin o’zgarishi);
Ko’rinish;
Ko’zni oladigan;
Diskomfort.
Ish joylarining yoritilganligi quydagi shartlarni qanoatlantirishi shart:
Ishlash joylarining yoritilganlik sathi,berilgan ish turning gigienik me’yorlarga mos bo’lishi kerak.Yoritish kattalik bo’yicha eng yaxshi bo’lishi zarur;
Binoda yoritilganlik satxining bir tekisligi va barqarorligi, shiddatli (tez) kontrastlarning mavjud emasligi, yorug’lik maydon bo’ylab bir tekis taqsimlangan bo’lishi kerak;
Ko’rish doirasida yorug’lik manbalardan yarqirash yuz bermasligi kerak, yoritish kattaligining vaqt bo’yicha pulsasiyasimaqsadga muvofiq emas;
Do'stlaringiz bilan baham: |