3 t o p sh iriq (amaliyot)
Download 473.5 Kb.
|
3-variant 1-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kukunli o‘t o‘chirgichlar
- Aerozolli o‘t o‘chirgichlar
Variant № - 3 savol №- 69
Savol Kuchlanish ostida bo’lgan elektr qurilma yonishni boshlaganda qanday yong’in o’chirish vositalarini qo’llash mumkin bo’ladi? 2-savolga javob (bu yerda ikkinchi savolingizni javobini yozasiz) Yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi o‘t o‘chirgich hisoblanadi. Ularni ko‘pincha ofislarda va mashinalarda uchratish mumkinYong‘inlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, lekin har qanday yong‘inning ham oldini olish mumkin. Yong‘inga qarshi birlamchi kurashish vositasi o‘t o‘chirgichlar hisoblanadi. Yong’in turi va kata-kichiklihgiga qarab birlamchi o’t ochirish vositasi tanlanadi. Kuchlanish ostida bo’lgan elektr qurilma yonishni boshlaganda esa yong‘inga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek, galoidlangan uglevodorodli aerozolli o‘t o‘chirgichlar samarali bo‘ladi. Kukunli o‘t o‘chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun foydali. Ularni kislorod yo‘qligida yonadigan materiallarni o‘chirish uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi va har besh yilda bir marta yong‘inga qarshi vosita bilan to‘ldiriladi. Karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlar ko‘pincha kundalik hayotda uchraydi. Ulardan ofislarda va transport vositalarida ko‘p foydalaniladi. Ushbu turdagi o‘t o‘chirgichlar har qanday turdagi yong‘inlarga qarshi kurashishi mumkin (lekin buni yong‘in miqyosi bilan adashtirmaslik kerak). Aerozolli o‘t o‘chirgichlar nisbatan yangi ixtiro hisoblanadi. Bu yong‘inga qarshi kurashning birlamchi samarali vositasidir. O‘t o‘chiruvchi vosita yonayotgan narsalar yuzasida zich plyonka hosil qiladi. Bu yong‘inga kislorodning kirishiga to‘sqinlik qiladi. Plyonka buyumga zarar yetkazmaydi, chunki uni yuvish vositasi bilan ketkazish mumkin. Agar qurilmaning o‘zi muayyan bir kechikishni nazarda tutmagan bo‘lsa, aerozolli o‘t o‘chirgichlar deyarli bir zumda ishlaydi. Ular ishonchli va uzoq muddat mobaynida xizmat ko‘rsatadi. Aerozol metallar va kislorodli birikmalardan tashqari deyarli har qanday qattiq va suyuq moddalarni o‘chirishga qodir. Bunday o‘t o‘chirgichlar har qanday klassdagi yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladi, biroq ko‘pchilik modellarni faollashtirilganidan keyin ularni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qurilma korpusi Tselsiy bo‘yicha 300 darajagacha qiziydi. Download 473.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling