3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 141 
amaliy ahamiyatga ega. Tabiiy komplekslarni majmuali baholashdan avval har bir 
komponentni alohida baholash maqsadga muvofiqdir.
Ekoturizm va uning rivojlanishi na faqat o’rganilayotgan hududning ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitiga bog’liq bo’libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy 
sharoitiga, unda ekoturistik ob’ekt-larning mavjudligiga va ularning geografik 
o’rniga ham bog’liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik 
imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga 
imkon beradi. 
O’zbekistonning ekoturistik imkoniyatlarini o’rganishning asosiy mazmuni 
ekoturistlarning talablaridan kelib chiqqan holda geomajmualarni ekoturizm uchun 
yaroqliligi, qulay yoki noqulaylik darajasini aniqlab berishdan, hamda 
o’rganilayotgan geomaj-mualarning ekoturistik ob’ektlarga nechog’lik ega 
ekanligini, ularning geografik o’rnini aniqlashdan iborat. 
O’zbekistonning ekoturistik imkoniyatlarini o’rganganda, baholaganda eng 
avvalo ikki omilga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Uning birinchisi ekoturistga – 
insonga va ikkinchisi tabiiy muhit va uning komponentlariga. Bunda ekoturist 
baholash sub’ekti sifatida, tabiiy muhit va uning komponentlari esa ob’ekt sifatida 
qaraladi. 
Ekoturizm o’zini rivojlanishi uchun ma’lum tabiiy geografik sharoitni talab 
qiladi. Hududning tabiiy omillari – relefi, iqlimi, suvlari, tuproq va o’simlik 
qoplami, hayvonot dunyosi va landshaftlari ekoturizm uchun geoekologik muhitni 
hosil qiladi. 
Shuning uchun hududlarning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda yuqorida 
keltirilgan omillarni uyg’unlikda tahlil qilish talab etiladi. Tabiiy komplekslarni 
ekoturizm nuqtai–nazardan baholaganda uning ekoturistik aniqlab beradigan 
hamma xususiyatlarini inobatga olish talab etiladi. Bu xususiyatlar quyidagi 
omillar asosida shakllanadi. Ular litologo-geomorfologik, iqlim, suv rejimi, tuproq 
va o’simlik qoplami, hayvonot dunyosidir.
Ular birgalikda u yoki bu tabiiy sharoitni shakllantirib joyni ekoturizm uchun 
yaroqligini va qaysi darajada qulayligini aniqlash imkonini beradi (jadval). 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling