www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 139
O’zbekistonning ekoturistik imkoniyatlari
Nosirov Orifjon Asatilla o’gli
Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani 2-umum ta’lim maktabning
Geografiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
O’zbekistonda kurort-sog’lomlashtirish
maskanlarini maxsus turlari geografiyasini o‘rganish va maxsus turlarga tarif
berish, kurort-sog’lomlashtirish maskanlariga jalb qilish hisoblanadi.
Kalit
so’zlar:
kurort-sog’lomlashtirish,
madaniy
yodgorliklar,tabiiy
komplekslar, ekoturizm
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida eng katta sayyohlik
salohiyatiga ega bo‘lgan davlatdir. Yurtimiz o‘zining tarixiy maskanlari, Buyuk
Ipak Yo‘lining rivojlanishini o‘ziga xos ettiradigan ko‘p asrlik 4 mingdan ziyod
tarixiy va madaniy arxitektura yodgorliklari bo‘lgan merosga egaligi jihatidan
dunyoga etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon kabi qadimiy madaniy
yodgorliklarga boy shaharlar butun dunyoga mashhur. Bu azim shaharlar o‘zining
betakror tarixiy qiyofasi bilan har qanday odamni maftun etadi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizning betakror tarixiy, arxitekturaviy tizimlari va
yodgorliklari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonning barcha hududlari
bo‘ylab yuzdan ortiq sayohlik yo‘nalishlari tashkil etilgan bo‘lib, bu joylardagi
tarixiy ob’ektlarning 140tasi BTM ning YUNESKO tashkiloti tomonidan
muhofazaga olingan. Ma’lumki, so‘nggi paytlarida sayyohlarning qiziqish doirasi
muntazam ravishda kengaymoqda, ular sayyohlikda yangi yo‘nalishlar ochilishini
hoxlaydilar. Shuning uchun ham inson va tabiatning o‘zaro uyg‘unligini va
atrof-muhitni muhofaza etish naqadar muhim ekanligini amalda namoyon etishga
xizmat qiladigan turizmning eng istiqbolli turlaridan biri, ya’ni ekoturizm bugungi
kunda sayyohlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganligi hech
kimga sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |