3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 185 poraxo'rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo'lib, hatto korrupsiya so'zining etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai nazardan turlicha ma'no va konnotatsiyaga ega . Aksariyat chet el tadqiqotchilarining talqiniga ko'ra, korrupsiya atamasi lotincha "corruptio" - "talon taroj" va "buzilish" ma'nolarini anglatuvchi so'zdan kelib chiqqan. Ushbu tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi, yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o'z aksini topadi. Uning fikriga ko'ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so'zdan iborat bo'lib, "cor", "ruptum" - "yurak", "ruhiyat", "buzilishi", "barbod bo'lishi" degan ma'noga ega. Oksford ingliz tili lug'atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma'nosi berilgan bo'lib, ulardan faqat bittasini siyosiy kontekstda qo'llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa ta'magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat, korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki ularda ishtirok etish. O'zbek tilining izohli lug'atida esa mansabdor shaxslarning o'zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo'rlik, mansabni suiste'mol qilish va boshqa noqonuniy harakatlarni o'z ichiga oladi).Korrupsiya fenomeni keng qamrovli tushuncha bo'lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni o'rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik (kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy yondashuv. Shulardan biri sotsiologik yondashuv bo'lib, bunda korrupsiyani o'rganishga bo'lgan urinishlar korrupsiya xodisasini tushuntirishda turli xil metodlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Manbalarda keltirilishicha, sotsiologik nuqtai nazardan korrupsiya uning sub'ektlari, korrupsiya sohalari, korrupsiyadan ko'zlangan maqsad va uni amalga oshirish usullari, korrupsiya shakllari va uning ob'ektlari kabi o'zaro aloqadorlikda bo'lgan elementlarni qamrab oluvchi interaktiv munosabatlarda shakllangan, ishtirokchilarning ratsional tanlovi asosida amalga oshadigan, moddiy va ramziy resurslarni almashinishni ifodalaydigan disfunksional hodisadir . Bunda korrupsiyani ijtimoiy hayotga salbiy ta'siri va ijtimoiy munosabatlarda o'zaro ishonchsizlik hamda ta'magirlikni yuzaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling