3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 186 keltirishini oldini olish maqsadida aholiga poraxo'rlikni jamiyat taraqqiyotini orqaga suruvchi, odamlar o'rtasida ijobiy xarakterga ega axloqiy munosabatlar o'rnatilishiga to'sqinlik qiluvchi illat ekanligini singdirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy nazariyada korrupsiya deganda davlat xizmatchilarini davlat resurslarini shaxsiy manfaatlari uchun ishlatish hisobiga foyda olishga qaratilgan xatti harakatlar tushuniladi[9]. Bunda moddiy imtiyozlar va imtiyozlar taqsimlanishini hamda soliqlar hajmini belgilovchi va ularni ustidan nazoratni amalga oshiruvchi asosiy organ davlat bo'lsa, amaldorlar esa davlat tomonidan ajratilgan imtiyozlarni taqsimlash huquqiga ega bo'lgan shaxslardir. Ko'proq imtiyozga ega chiqishni xohlovchi shaxslar yoki kompaniyalar ko'proq moddiy foyda olish maqsadida ushbu imtiyozlarni sotib olishga harakat qilishlari mumkin. AQSHning Yel universiteti professori Rouz Akkerman fikriga ko'ra korrupsiyani avj olishi jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat amaldorlarining haddan tashqari va samarasiz aralashuvi bilan bog'liq. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy choralardan biri sifatida davlat amaldorlarining o'zboshimchaliklariga chek qo'yish va mansabdor shaxslarni jamiyatning iqtisodiy faoliyatiga aralashuvini kamaytirish belgilab olinishi lozim. Korrupsiya tushunchasining yuridik tavsifi o'z xizmat vakolatlaridan xudbinlik bilan foydalanadigan mansabdor shaxslarning porxo'rligi va ta'magirligi bilan ifodalanuvchi xavfli noqonuniy hodisa deb hisoblanadi. Bunda korrupsiya nafaqat jinoiy xarakterga ega, balki u ma'muriy huquqiy, fuqarolik va intizomiy xususiyatlarni ham o'zida mujassamlashtirgan murakkab fenomenga aylanadi. Yuridik sohada ham ko'pgina olimlar korrupsiyaning huquqiy mohiyatini va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini asoslab berishga urinishgan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy tartib faoliyati, uning yuzaga kelishi va rivojlanishiga oid muammolarni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari tahliliga oid malumotlar olimlarning ilmiy asarlarida uchratishimiz mumkin. Taniqli rus olimi G.N.Borzenkova fikriga ko'ra korrupsiyani mansabdor shaxslar o'zlarining rasmiy vakolatlaridan xudbin maqsadlar uchun foydalanishlari asosida vujudga keluvchi boshqaruv apparatining parchalanishi deb tushunish kerak. Ahamiyatlisi shundaki, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling