3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahrixon tumani 67-umumiy õrta talim maktabi Boshlanğich sinf õqituvchisi Payziyeva Nargiza Erkinovna Annotasiya
- Kalit so’zlar
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 79 kelishi qo'rqinchli bo'ladi. Tirik tabiatdagi diffuziya hodisasining borishini yaxshilash uchun odamga maxsus biror narsa qilish kerak emas. Siz shunchaki o'z faoliyatingiz bilan tirik tabiatga salbiy ta'siringizni istisno qilishingiz kerak, ko'pincha jamoatchilik e'tiborini ekologik muammolarga qaratishingiz kerak, shunda har bir kishi tabiat bilan, o'zi bilan to'liq uyg'unlikda yashashi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Fizika. 6-sinf (2017, N.Turdiyev)[1] 2.Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev)[2] 3 Fizika. 8-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev) [3] www.pedagoglar.uz 29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 80 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA KO’PAYTIRISH VA BO’LISH AMALARINI O’RGATISH Andijon viloyati Shahrixon tumani Shahrixon tumani 67-umumiy õrta ta'lim maktabi Boshlanğich sinf õqituvchisi Payziyeva Nargiza Erkinovna Annotasiya: Bugungi kunda o'quvchilarda hisob-kitob ko'nikmalarini shakllantirish, ularni kundalik faoliyatda qo'llash, fanlarni o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish boshlang'ich ta'limdagi matematika fani o'qituvchilarining asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Kalit so’zlar: matematika kursi, arifmetik amallar, konsentrik, komponentlar, natural sonlar, ko‘paytirish, bo‘lish, yig‘indi. Boshlang'ich sinflarning asosiy o'zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidaniborat. Bundan tashqari, bu 1-4-sinflarda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi. Boshlang'ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi bo'lib hisoblanadi. V-XI sinflarda o'qitiladigan matematikaning eng asosiy va o'quvchilar yoshiga mos bo'lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o'qitiladi. Boshlang’ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang'ich matematikaning tuzilishi o'ziga xos xususiyatlarga ega: Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo'lim shaklida o'qitilmasdan arifmetik material bilan qo'shib o'qitiladi. Boshlang'ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o'nlikni raqamlash o'qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish o'qitiladi. Undan keyin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling