3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO`YXATI
- Termiz shahar 8-umumiy o`rta ta’lim maktabining “Texnologiya” fani o`qituvchisi Tel.: +998902469375 turayevasurayyo74@gmail.com Annotatsiya
- Kalit so`zlar
- Interfaol metodlar
XULOSA VA MUNOZARA
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy pedagogik texnologiya- lar asosida tashkil etish tajribasidan kelib chiqib va olib borilgan izlanishlarimiz asosida mazkur yo‘nalishda quyidagilarni taklif qilamiz: – o‘qituvchi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari haqida asosli bilimlar- ga ega bo‘lishi, bu sohada metodik jihatdan o‘z ustida doimiy ravishda ishlashi lozim; – har bir darsda bir-biriga mazmunan yaqin didaktik o‘yinlarga bir oz yangi ele- mentlar qo‘shib foydalanish, bunda didaktik o‘yinlar shartini to‘g‘ri izohlashga e’tibor berish. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Abdullaeva H.A., Bikboeva N.U. va boshqalar. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi. – T.: «Boshlang‘ich ta’lim», 2018. 2. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - T.: «Ta- fakkur», 2011. 3. Axmedova N., Inoyatova M., Matnazarova K. Boshlang‘ich ta’limdagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari. Metodik tavsiyalar. – T.: library.ziyonet.uz/ru/book/ download/16233, 2015. www.pedagoglar.uz 29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 60 TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: “SWOT” TAHLILI VA CASE STUDY METODLARI Surayyo To`rayeva, Termiz shahar 8-umumiy o`rta ta’lim maktabining “Texnologiya” fani o`qituvchisi Tel.: +998902469375 turayevasurayyo74@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqola umumta’lim maktablarida “Texnologiya” darslarida zamonaviy innovatsion texnologiyalar, xususan “SWOT” tahlili hamda Case Study interfaol metodlaridan foydalanishning ahamiyati va shu asosda samarali natijalarga erishish yo`llari tahlil etilgan. Kalit so`zlar: texnologiya fani, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, “SWOT” tahlili hamda Case Study Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling