3-topshiriq. Biologiya o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligini izohlang
Download 213 Kb.
|
Halilov loyihalash joriy 2 topshiriq (1)
3-topshiriq.Biologiya o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligini izohlang. Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va printsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o’qitish metodikasi psihologiya bilan uzviy aloqadadir. CHunki, biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o’smirlarda ya’ni V-VI sinf o’quvchilarida diqqat beqaror bo’lgani sababli biologiya o’qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan foydalanib, o’quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini konkret ekanligini e’tiborga olib, ko’rgazmali vositalardan ko’proq foydalaniladi. Yuqori sinflarda esa o’quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko’proq ma’ruza shaklida o’tkazilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, tsitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyutsion ta’limot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o’quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o’qituvchi yaxshi bilish kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiati to’g’risida tadqiqot o’tkazishi orqali yangi bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o’quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. SHu bilan birga maktab biologiya kursi “kichik fan” emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi. 4-topshiriq.Dars ishlanmasi Darsning mavzusi:Bargning ichki tuzilishi Darsning ta'limiy maqsadi:bargning ichki tuzilishi bilan tanishtirish Darsning tarbiyaviy maqsadi:o'quvchilarni bargning ichki tuzilishi bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish Darsning tarbiyaviy maqsadi:o'quvchilarning bargning ichki tuzilishi haqidagi bilimlari,darslik ustida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish Dars turi:Yangi mavzuni bayon qiluvchi Dars uslubi:og'zaki bayon qilish,og'zaki savol-javob,hamkorlikda o'qitish texnologiyasi(kichik guruhlarda o'qitish) Darsning didaktik jihozi: darslik,ko'rgazmalar,slaydlar,mikropreparatlar,tarqatma materiallar Darsning texnik jihozi:kompyuter,proyektor,doska Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. 2.O'tgan mavzuni tarqatma materiallar orqali mustahkamlash 3.O'quvchilarni dars mavzusi,maqsadi,borishi bilan tanishtirish 4.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1.Barg ichki tuzilishini bajaradigan vazifasiga mos kelishi. 2.Barg hujayra va organoidlari. 3.Ularning tuzilishi va vazifasi. 4.Bargdagi to'qimalar 5.Yangi mavzu yuzasidan savol-javob, munozara uyushtirish. 6.Nazorat qilish va baholash:topshiriqlarni bajarishiga,darsda faol ishtirok etishiga,uyga vazifa bajarilganligiga qaraladi. 7.Uyga vazifa berish:mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajarish,mavzuni o'qib test tuzish. 5-topshiriq O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda biologik ta'limning roli.(innovatsion metod asosida izohlang). Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo’nalish – botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog’laydigan fandir. Bionika organizmlarning morfologik va funktsional moslanishlarini muxandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. Masalan, sezgi organlari juda kichik bo’lgan hashoratlar, tez va ko’p xarakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va o’z-o’zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qo’llash usullari haqidagi fikrlarni tug’diradi. Hozirgi vaqtda juda ko’p qurilmalar hayvonot va o’simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli nihoyatda ortib bormoqda. SHuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini yaratib gen va hujayra muxandisligi usullarini qo’llab insoniyat uchun zarur bo’lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni sintez qilish yo’lga qo’yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga tayanib, xossalari oldindan ma’lum bo’lgan mikroorganizmlarni shtammlarini yarata oladigan bo’ladi. Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bo’lgan vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yo’lga qo’yilib, hayvonlar ozuqasiga qo’shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini oshirish, o’simliklarni o’sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda o’simliklarni kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yo’lga qo’yilgan. Gen injeneriyasi usullari qo’llanib ko’sak qurtiga chidamli g’o’za va kolarado qo’ng’iziga chidamli kartoshka navi yetishtirilgan. Biologiya fanining yangi sohasi-kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, o’zga sayyoralarda hayot nishonalari bor yoki yo’qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilingan sari odamlar uchun biologik ta’lim profetsional tayyorgarlik elementi bo’lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga bo’lgan talablari ham oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g’oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar. SHundan ko’rinib turibdiki, o’rta maktabda biologiya ta’limi politexnik xarakterga ega bo’lmog’i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog’lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo’jaliklarida, ko’q alamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, o’simliklarni qidirib topishda, dorivor o’simliklar to’plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq maktab o’quvchilariga kasb tanlashlariga imkon beradi. 6-topshiriq.Nima uchun Forobiyni "Ikkinchi muallim" deb atashgan? Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling