Fundamentallik printsipi – biologiyaning asosiy, tayanch tushunchalari, nazariyalari, ilmiy-tadqiqot metodlari, umumiy ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo’lgan va umuminsoniy qadriyatlarning yutug’i sanalgan tadqiqot natijalarini o’rganishga asoslanadi.
Izchillik printsipi – o’quvchilar tomonidan tushunchalarni o’zlashtirish bosqichlarini e’tiborga olgan holda o’quv materialini o’rganishni tashkil etishni taqozo etadi.
Ko’rgazmalilik printsipi – tirik organizmlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlarini o’rganishda tabiiy, tasviriy, tarqatma, didaktik va dinamik materiallar, ekran vositalaridan foydalanishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |