Nazariya va amaliyot birligi printsipi – o’rganilayotgan mavzu mazmunidagi nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish yo’llari, inson hayoti, xalq xo’jaligi va tabiatdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Samaradorlik printsipi – yangi mavzuni o’rganish maqsadida o’qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilgan o’qitish metodi va vositalari o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni yuqori darajada o’zlashtirishi, ya’ni samaradorlikka xizmat qilishini nazarda tutadi.
Mantiqiy ketma-ketlik printsipi – o’quvchilar tomonidan tushunchalarni o’zlashtirish qonuniyatlariga asoslanadi, o’quv dasturi va darsliklarda boblar, mavzular mantiqiy izchillikda yoritilishini talab etadi.
Uzviylik printsipi – o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlari bilan o’rganilayotgan mavzudagi bilimlar o’rtasidagi bog’lanish bo’lishini, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi turlarida o’rganiladigan ta’lim mazmuni o’rtasida uzviylik bo’lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |