30-Mavzu: ko’rish organlari fiziologiyasi dars rejasi


Download 75.5 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1510174
1   2   3
Bog'liq
30-Ma\'ruza

Ko'z fiziologiyasi. Ko'z o'rtacha 400-750 mmk uzunlikdagi yorug'lik to'lqinini normal qabul qiladi. Ammo ultrabinafsha, infraqizil (qisqa to'lqinli) nurlarni ko'z seza olmaydi. Yorug'lik to'lqini to'r pardaga borgandan so'ng tasvir paydo bo'ladi. Yorug'lik avvalo shox pardaning kameralaridan o'tib ko'z qorachig'i orqali ko'z gavhariga boradi. Undan shishasimon tana orqali o'tadi. Ko'zga tushgan nurlar shox parda va shishasimon tanada reduksiyalanib (sinib) hajmi kichiklashib, so'ngra to'r pardaga boradi. Nurlar to'r pardada bir nuqtaga yig'iladi (fokuslanadi). Bunday holatda ko'zga tushgan tasvirlar teskari (oyog'i osmondan bo'lib), aniq va ravshan ko'rinadi. To'r pardada paydo bo'lgan tasvir teskari bo'lsa ham boshqa sezuv a'zolarining ta'siri orqali odam tasvirlarni to'g'ri ko'radi. Ko'z ikki nuqtani aniq va alohida ko'rsa, unga ko'z o'tkirligi deyiladi.
Ko'zning normal ko'rishi tasvirlarni bir daqiqa davomida aniq va ravshan ko'rishi bilan ifodalanadi. Agar ko'rish muddati bir daqiqadan kam bo'lsa unda ko'z xiralashgan bo'lib, tasvirlar aniq ko'rinmaydi.. Odam uzoqdan qaraganda ko'zga tushgan nuriar to'r pardadagi kolbachalarni qatorasiga birdan qo'zg'atsa, unda ko'zga tushgan tasvirni aniq ko'ra olmaydi. Aksincha, tasvirlar yaqindan ko'zga tushsa. to'r pardadagi kolbachalar oralab ta'sirlanishi natijasida odam har bir tasvirni aniq (ayrim nuqtalami ham) ko'rish qobiliyatiga ega bo'ladi. Odamning ko'rish o'tkirligi to'r pardadagi sariq dog' markazida joylashgan kolbachalar yig'indisigi. bog'liq bo'lib, nuqtadan uzoqlashgan sari kolbachalar tayoqchalar bilan aralashibjoylashadi. Natijada ko'rish o'tkirligi nuqtadan (markazdan) periferiyaga qarab kamayib boradi, ya'ni tasvirlar asta-sekin noaniq ko'rina boshlaydi.
Ko'rish o'tkirligi maxsus jadvallar orqali aniqlanadi.
Akkomodatsiya har xil masofada turg;r. tasvirlarni aniq va ravshan ko'rish orqali sodir bo'ladi. Bunda shox pardaning sindiruvchi kuchi saqlanib qoladi, gavhar egriligi esa o'zgarib (fotokameraga o'xshash) fokuslanadi-da, tasvir aniq ko'rinadi. Ko'zning bunday moslashishiga akkomodatsiya deyiladi. Yaqindagi tasvirlarni ko'rganda ko'z gavhari dumaloq bo'ladi, nurni sindiruvchi kuch esa kattalashadi. Qari odamlardako'z gavhari qattiqlashib. moslashish qobiliyati ancha pasayadi. Natijada odam yaqindan aniq ko'rolmaydi. Shuning uchun ko'zoynak taqish yo'li bilan yaqindan ko'rish tiklanadi. Ba'zida ko'z soqqasi cho'zinchoq yoki kalta bo'lib rivojlansa. narsalarning tasvir fokusi to'r pardaga yetmasdar, undan oldinroqdayoki orqaroqda to'planadi. Natijada tasvirlarni odam aniq ko'rolmaydi. Bunday holatda ko'z ko'zoynak yordamida normal holga keltiriladi. Ba'zida shox parda yoki ko'z gavhari egri (qiyshiqi bo'lib, bunda tasvirlar noto'g'ri (astigmatizm) ko'rinadi. Bunday anomaliyani ham maxsus ko'zoynak taqish orqali tuzatsa bo'ladi.

Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling