30-Mavzu: ko’rish organlari fiziologiyasi dars rejasi


Download 75.5 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1510174
1   2   3
Bog'liq
30-Ma\'ruza

Ko'zning moslashishi (adaptatsiya). Odam yorug' dan qorong' i uyga yoki aksincha qorong' ilikdan yorug'likka chiqqanda avvaliga ko'zi qamashib, hech narsani ko'rmaydi. Keyinchalik asta-sekin ko'7 sharoitga moslashib, tevarak-atrof ko'rina boshlaydi. Bunga moslashish (adaptatsiya) deyiladi. Yorug'lik adaptatsiyasi 2-3 daqiqada sodir bo'lsa, qorong'ulik adaptatsiyasi 15-20, ba'zida 30 daqiqa davom etadi. To'r pardada joylashgan kolbachalar orqali odam turli (qizil, yashil, binafsha) ranglarni ko'rish va ularni bir-biridan ajratish qobiliyatiga ega. Ba'zida ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) holati ham bo'ladi. Tasvirlarni bir ko'z bilan qabul qilishdan ko'ra ikki ko'z bilan qabul qilish afzaldir. Bunda masofa, ranglar tiniqligi, tasvirlar bir-biridan farqli ravishda to'la-to'kis aniqlanadi. Bu esa binokular ko'rish deb ataladi.
Yaqindan va о’zoqdan kо’rish. Kо’zda nurlar sinishi (refraksiya)ning ikkita nuqsoni (anomaliya) uchrab turadi. Bu kо’z soqqasining bо’ylama о’qiga bog’liq. Sog’lom kо’zlarda bо’ylama о’q 24,4 mm bо’lsa anomallarda, ba‘zan о’zun, ba‘zilarida esa qaltiroq bо’ladi. Uqi kalta kо’zga о’zoqdan tushgan nurlar tur pardaning orqasida fokuslanadi. Buning uchun kо’z akkomodatsiya mexanizmini ishga solmasa о’zoqdagi narsalarni aniq kо’rmaydi. Bu holat gipermetropiya deyiladi. Gipermetropiklar yaqin narsalarni ravshan kо’rish uchun, о’qish uchun ikki tomoni qavariq linzali kо’zoynakdan foydalanishi zarur.
Kо’zning о’zun о’qi odatdagidan katta bо’lsa, о’zoqdan kо’zga tushgan nurlar tо’r parda oldida, shishasimon tanada fokuslanadi. Tо’r pardada esa о’zoqdagi narsalarning xira aksi paydo bо’ladi. Bu narsa miopiya yoki yaqindan kо’rish deyiladi. Bunday kо’zli kishilar ikki tomoni botiq linzali kо’zoynakdan foydalanishadi.
Korachiq va uning refleksi. Rangdor parda markazidagi nurlarni kо’z ichiga о’tkazuvchi teshik qorachiq deyiladi. Korachiq nurlarni о’tkazadi va tо’r pardada ravshan ta‘sir paydo bо’lishini ta‘minlaydi.
Rangdor pardada qorachiq kattaligini о’zgartiradigan muskullar bor. Shulardan biri qorachiqning xalqa muskuli bо’lib u qisqarganda qorachiq torayadi. Ikkinchi muskul radial yо’lishda bо’lib, u qorachiqni kengaytiradi.
Birinchi muskullarni parasimpatik nerv, ikkinchisi simpatik nerv tizimi innervatsiya qiladi. Tо’r parda. Kо’zning ichki pardasi tо’r parda bо’lib, murakkab tuzilishga ega. Bu haqda anatomiya fanidan sizlarga ma‘lum. Tashqi qavati pigment hujayralardan iborat. Bu hujayralardagi fussin pigmenti qora rangli bо’lganidan kо’z ichiga tushgan nurlarni qaytarmaydi, kо’rish ravshan bо’lishini ta‘minlaydi.
Tо’r pardaning ikkinchi qavatida fotoretseptor hujayralar – kolbachalar va tayoqchalar joylashgan. Odamning kо’zida 125 mln tayoqcha va 6-7 mln kolbachalar bor. Tо’r pardaning markaziy chuqurchasida faqat kolbachalar, chet qismlarida esa tayoqchalar joylashgan.
Tayoqchalar gira-shira (kechqurun) nurlarni qabul qilishga moslashgan retseptorlardir. Ularning faoliyati shikastlansa, odam gira-shirada mutlaqo kо’rmaydi, kundо’zi esa kо’rish qobiliyati tо’la saqlanadi. Bu shabkurlik A vitamini yetishmaganda rivojlanadi. Kolbachalar yuqori yorug’likda faollik kо’rsatib, rang kо’rishni taminlaydi.
Tayoqchalar va kolbachalarning turli funksiyalarini isbotlovchi dalillar kо’p. Masalan, tunda faol hayot kechiruvchi hayvonlar (boyqush)ning tо’r pardasida deyarli yolg’iz tayoqchalar uchrasa, kundо’zi faol hayvonlar (tovuq, kaltakesak toshbaqa)da faqat kolbachalar mavjud.
Eshituv analizatori. Eshituv analizatori tovushga bog’liq fiziologik funksiyani bajaradi. Odam eshituv a‘zosining xossalarini hisobga olib uch xil tebranishlarni: chastotasi 20 Gs dan kam bо’lgan, odam qulog’i eshitmaydigan infratovushlarga, chatotasi 20-20000 Gs bо’lgan odamning qulog’i eshita oladigan tebranishlarga, chastota 2000 Gs dan yuqori va eshitib bо’lmaydigan ultratovushlarga bо’linadi.
Tashqi quloq. Tovush eshituv tashqi quloq orqali kiradi. Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshituv yо’lidan iborat. Tashqi quloqning shakli tovushlarni qabul qilish va tovush yо’nalishini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
О’rta quloq. О’rta quloqni bir-biri bilan bog’langan uchta eshituv suyakchalari
– bolg’acha, sandon va о’zangi tashkil etadi. Tovush tо’lqinlari nog’ora pardadan о’rta quloq suyakchalari harakati tufayli ichki quloqqa о’tadi, о’rta quloq Yevstaxiy nayi va og’iz bо’shlig’i orqali tashqi atmosfera bilan bog’lanadi.
Ichki quloq. Ichki quloq chakka suyakning piramidasi joylashgan. Uni tuzilishiga kо’ra chig’anoq ham deb atash mumkin. Uni Reysner va asosiy membranalar uchga bо’ladi; bular: nog’ora, о’rta va vestibulyar kanallardir.
О’rta narvon (kanal)ning asosiy membranasida eshituv retseptorlariga ega bо’lgan kortiy a‘zosi joylashgan. Kortiy a‘zoning asos qismida joylashgan retseptor hujayralarni yuqori chastotali tebranishlar kо’zg’atadi.
Tovush tо’lqinlari energiyasi о’zangi orqali vestibulyar narvondagi perilimfaga о’zutiladi. Oval darcha sohasi hosil bо’lgan bosim tо’lqini chig’anoqning boshidan oxirigacha bо’lgan 3,5 sm masofani 20 ms da bosib о’tadi.
Turli retseptor hujayralarni bir tomondan bazan membrana, ikkinchi tomondan tektorial membrana siqib turadi. Bazal membrananing harakati hujayra tuklarini tektorial membranasiga tegib, egilishga olib keladi. Natijada bu hujayralar bilan bog’langan eshituv nervi tolalarida impulslar hosil bо’ladi.
Vestibulyar analizator. Odam tanasining holatini sezishda vestibulyar analizator katta ahamiyatga ega. Bu sensor tizim tana harakatining tezlashishi va sekinlashishi boshning fazodagi holati va о’zgarishi tо’g’risidagi axborotlar asosida sklet muskullari tonusining qayta taqsimlanishini ta‘minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini ta‘minlaydi. Vestibulyar tizim labirint suyakdan iborat bо’lib, uchta yarim doira kanallardan, utikulyus, sakkulyus va chig’anoqdan tashkil topgan. Utikulyus malekulasi gravitatsiya maydoniga nisbatan tana holatlari о’zgarishini sezadi. Sakkulyus makleulasii unga yordam beradi va shuningdek vibratsiyani (tebroning) sezadi. Tukli hujayralardan impulslarni MNT ga о’tkazuvchi aksonlar vestibulyar nervni (7 juvt nerv) hosil qiladi. Bu nerv uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolarda tugaydi. Vestibulyar yadrolar kо’zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi, miyacha, tо’rsimon formatsiya, gipotalamus, talamus orqali miya pо’stlog’i bilan bog’langan.
Vestibulyar tizimining shikastlanishi oqibati muvozanat buzilishi kо’ngil aynishi qо’sish hollari kuzatiladi.
ProprioretsepsiY. Muvozanatni saqlash va xarakatlarni boshqarishda vestibulyar tizimdan tashqari chuqur sezgirlik yoki proprioretsepsiyaning ahamiyati nihoyatda katta.
Ma‘lumki, aql-hushi joyida bо’lgan odam har zumda oyoq-qо’llarinnig birbiriga nisbatan qaysi holda tо’rganini yaxshi sezadi, bо’g’inlarning qaysi yо’nalishda harakat qilganini aniq biladi. Har bir harakatga bо’lgan qarshilikni ham darov fahmlaydi. Bu qobiliyatlarning hammasi proprioretsepsiya deyiladi, chunki bular barchasi proprioretseptorlar tufayli, ularda yuzaga kelgan rag’batlar tufayli rо’yobga chiqadi. Shunga asosan tanada holatni sezish, harakatni sezish, kuchni sezish kabi funksiyalar amalga oshadi.
Termoretseptorlar va ularning adaptatsiyasi. Termoretseptorlar ikki guruhga:
sovuqni va issiqni sezuvchi retseptorlarga bо’linadi. Termoretseptorlar quyidagi xossalarga ega.

  1. Teri xaroratining barqaror bо’lib turishida retseptorlarning qо’zg’alish chastotasi teri haroratiga proporsional bо’ladi;

  2. Teri harorati kо’tarilsa yoki pasaysa bu impulslar chastotasi ham kо’payadi yoki pasayadi.

  3. Harorat о’zgarishidan boshqa narsalarga sezgir emas.

  4. Retseptor sezgirligi teridagi harorat о’zgarishini sezish bо’sag’asiga yaqin.

  5. Termoretsepsiyani ta‘minlovchi afferent tolalar yakka yoki juda kichik guruhdagi retseptorlarga bog’liq. Bu tolalardan impulslarning о’tish tezligi 20 m/s dan kam.

Sovuqni sezuvchi retseptorlar soni issiqni sezuvchi retseptorlar sonidan ancha kam. Kul kaftining 1 sm2 da 1-5 ta sovuq nuqta bо’lsa, issiq nuqtalar soni 0,4. Odam terisidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarning umumiy soni 250000, issiqni sezuvchi retseptorlar soni 30000 atrofida.
Teriga issiq jism tegsa, u oldin bir zum sovuqni, keyin esa issiqni sezadi. Bu shundan dalolatki, sovuqni va issiqni sezuvchi bunday retseptorlarning terida turli chuqurlikda joylaganidir. Binobarin sovuqni sezuvchi retseptorlar teri yuzasidan 0,17 mm, issiqni sezuvchi retseptorlar 0,3 chuqurlikda joylashgan.
Tajribadan ma‘lumki, issiq vannaga tushgan odam oldin yaqqol issiq sezadi, ammo tezda bu sezgi sо’nadi. Issiq kunda sovuq suvga seziladi, bir oz vaqt о’tgach, suvning sovukligi sezilmay qoladi. Demak haroratni sezishda ham tо’liq adaptatsiya ya‘ni moslashish rо’y berildi.
Og’riq retseptorlari. Og’riq retseptorlarning boshqa retseptorlardan asosiy farqi shundaki, ularning adekvat ta‘sirlovchisi yо’k. Og’riqni о’ta kuchli ta‘sirotlarning hammasi paydo qilishi mumkin. Haddan tashqari kuchli ta‘sirotlar tо’qimalarni shikastlaydi. Ular paydo qilgan og’riq xavf-xatardan darak berib, himoya reflekslarini vujudga keltiradi, organizmni shikastlovchi omillardan saqlaydi. Og’riqni kuchi va xastalikning og’irlik darajasi о’rtasida doim uyg’unlik bо’lmaydi. Ba‘zan ichki a‘zolar kattiq jarohatlansa ham og’riq uncha kuchli bо’lmaydi, boshqa bir kasal shikastlanish jiddiy bо’lmasada kuchli og’riq sezadi.
Og’riqning somatik va visseral turlari bor.Og’riqni sezuvchi retseptorlar tо’g’risida hozircha yagona fikr yо’k. Ayrim ma‘lumotlarga kо’ra og’riqni paydo bо’lishi uchun katta guruhdagi retseptorlar qо’zg’alib, MNT ga ayni bir vaqtda kо’plab afferent tolalardan sinxron impulslar о’tishining natijasi, degan fikr bor.Og’riqqa qarshi organizmda maxsus tizim ham bor. Bu uning о’zida ishlab chiqariladigan ichki analgetiklar – endorfinlar va enklefalinlar hisoblanadi.
Hid bilish retsepsiyasi. Bu sensor tizimning retseptori yuqori burun yо’lida joylashgan. Ular birlamchi retseptorlar bо’lib, ikkita о’simtaga ega. Hujayra tanasining tepa qismida kiprikchalar bilan tugaydigan dendrit va quyi qismidan boshlanadigan aksondan iborat (rasm).
Hidli moddalarning molekulari retseptorlar atrofiga burundan nafas olganda kiradi va kiprikchalar membranasiga ta‘sir qilib, afferent tolalarda impulslar paydo qiladi.
Hid bilish retseptorlarning sezuvchanligi juda yuqori. Hidni payqash uchun 40 ga yaqin retseptor hujayra qо’zg’alishi kerak.
Odam bir necha ming moddalar hidini ajratish qobiliyatiga ega. Hidlar xarakteriga kо’ra guruhlarga bо’linadi.
Ba‘zi kasalliklar burun yо’lidagi hid bilish sohasini shikastlab, sezgining bо’zilishga olib keladi. ammo batamom yо’qolmaydi. Chunki odamning uchlik til, halqum va adashgan nervlarning burun bо’shlig’i va xalqumdagi sohalari ishtirok etadi.
Ta‘m bilish retsepsiyasi. Ta‘m bilish retseptorlari og’izga kirgan moddalar tо’g’risida axborot beradi. Ovqat hazmiga bog’liq bо’lgan kо’pgina shartsiz reflekslar vujudga keladi.
Bu retseptorlar til surg’ichlarida, xalqumga yumshoq tanglayda, hiqildoq usti tog’ayida joylashgan. Ta‘m retseptorlari har 10 kun ichida deyarli butunlay yangilanadi.
Muayyan ta‘mga ega bо’lgan moddalarning sifati tо’g’risidagi axborot yuz va til-xalqum nervlari orqali uzunchoq miyaga yetkaziladi. Bu yerdan talamusga, sо’ngra miya pо’stlog’i markaziy pushtasiga yetib boradi. Shu yо’l bilan impulslarning о’tishi va tahlil qilinishi ortib boradi.
Odam tо’rt ta‘mni – shirin, nordon, achchiq va shо’rni ajratadi. Til yuzasi ham ta‘m sezuvchanlikda har xil. Asosi achchiq ta‘mga sezgir bо’lsa, boshqa ta‘mlar tilning uchi va yon bag’irida joylashgan. Ochlik ta‘mga sezuvchanlik nisbatan yuqori. Bu ma‘lum darajada ximiyaviy ahamiyatga ega. Kishi qarishi sayin ta‘m sezishi pasayib boradi. Ba‘zi dorilar, masalan, kofein va tamaki shu sezuvchanlikni yanada kamaytiradi.
Nazorat savollari

  1. Sensor tizim tarkibi va ahamiyati nimadan iborat?

  2. Analizator (sensor)lar tizimining tuzilishida qanday tamoyillar mavjud?

  3. Analizatorlar qanday operatsiyalarni amalga oshiradi?

  4. Kо’zning optik tizimini nimalar tashkil etadi?

Akkomodatsiya nima?
Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling