30-Mavzu: Yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash Reja: Umumiy holatlar Yuklash gabaritilari
Download 20.87 Kb.
|
30-Mavzu.Tovar yuk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imtiyozli gabarit
2. Yuklash gabaritilari
Vagon to‘g‘ri gorizontal yo‘lda turganida, harakatdagi sostavning va yo‘lning bo‘ylama o‘qlari bitta vertikal tekislikda yotganida ochiq harakatdagi sostavga ortilgan yuk o‘rovi va mahkamlash vostalari bilan asosiy yuklash gabariti (1 – rasm, a) hadida (predelex) joylashtirilishi kerak. Avtomobillarni, traktorlarni, qishloq xo‘jalik va yo‘l qurilish mashinalarini, temirbeton va metall buyumlarni hamda uzunligi platforma va yarim ochiq vagon hadiga (predelex) joylashadigan yuklarni Rossiya Federatsiyasining Uzoqsharq temir yo‘lidan boshqa barcha MDH ga a’zo davlatlarning va Boltiq bo‘yi Respublikalarining temir yo‘llariga imtiyozli yuklash gabaritiga (1-rasm, b) muvofiq ortib jo‘natishga ruxsat beriladi. Ozorbayjon, Kavkazorti, Lьvov temir yo‘llaridan hamda: SHimoliy – Kavkaz temir yo‘lining Belorenchensk – Tuapse – Veseloe; Qrim – Novo-rossiysk uchastkalaridan; SHimoliy temir yo‘lining CHum – Labыtnangi va Puksa – Navolok uchastkalaridan; Krasnoyarsk temir yo‘lining Tigey – Achinsk uchastkalaridan boshqa barcha MDH ga a’zo davlatlarning va Boltiq bo‘yi Respublikalaring temir yo‘llariga mintaqaviy yuklash gabaritlaridan (1-rasm, v) foydalanib yarim ochiq vagonlarga o‘rmon materiallarini ortib jo‘natishga ruxsat etiladi. Imtiyozli yoki mintaqaviy yuklash gabaritida ortilgan yukka jo‘natuvchi yukxatining “Mesto osobыx otmetok i shtempeley” grafasiga muvofiq ravishda “Imtiyozli gabarit” yoki “Mintaqaviy gabarit” belgisi qo‘yilishi shart. Huddi shunday belgini stansiyaning tovar irodasi xizmatchisi ham vagon varog‘ining “Mesto dlya otmetok” grafasiga qo‘yishlari shart. “Imtiyozli gabarit” va “Mintaqaviy gabarit” belgisini yukxatida va vagon varog‘ida mavjud bo‘lishligi harakat xavfsizligini ta’minlash kafolatlaridan biri hisoblanadi. Vagon to‘g‘ri gorizontal yo‘l uchastkasida va vagonning simmetriyasi bilan temir yo‘lining o‘qi bo‘ylama vertikal tekistlikda bo‘lganida yukning gabaritligini tekshirish amalga oshiriladi. Download 20.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling