30-Mavzu: Yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash Reja: Umumiy holatlar Yuklash gabaritilari


Download 20.87 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi20.87 Kb.
#1737943
1   2   3   4
Bog'liq
30-Mavzu.Tovar yuk

3. Vagonlarni ortishga tayyorlash
Yukni ortishdan oldin jo‘natuvchi vagonning polini, yukning tayanch yuzasini, ostlikni, qistirmani, tirak va tirgak to‘sinlarni hamda bog‘lagich va tortqich bilan tutatish joylaridagi yukning sitrini qordan, muzdan, loy va ifloslardan ostoydil tozalashi kerak. Qish paytlarida yuk jo‘natuvchi vagonning poliga va ostlikning yuk tayanadigan joylariga toza quruq qumdan yupqa qatlamda sepib qo‘yishi kerak.
Yarim ochiq vagonlarning ostki to‘kish tuyniklarining qopqoqlari to‘liq berkitilishi va ikki tishli zuluf (zakidka) ning asosiy yuqori tishlariga mahkamlanishi hamda barmoqli sektorlarga qaydlab (fiksatsiyalab) qo‘yilishi kerak. Agar yukni kuzovning yuklash bo‘yi va eni hadida joylashtirish amalga oshirilsa, platformaning bo‘ylama va etak bortlari, yarim ochiq vagonning esa etak eshiklari berkitilishi va tambalar bilan tambalanishi, platforma bortlarining tambalash ponasi pastga tirakkacha cho‘ktirilishi kerak, lekin ortish texnologiyasi ochiq bortlar va eshiklardan foydalanishni ta’qozo etadigan holatlar bundan mustasno.
Platforma va yarim ochiq vagon polining bo‘yidan ziyod bo‘lgan yuklarni ortishdan oldin platformaning etak bortlari ochilib etak kronshteynlar ustiga yotqizib qo‘yiladi, yarim ochiq vagonning eshiklari ichkarisiga ochilib yonbosh devorlarga mahkamlab bog‘lab qo‘yiladi. Platformaning kranshteynlari ustiga yotqizib qo‘yilgan etak bortlarini ustiga yuk tayanmasligi kerak, shuning uchun uni ostlik ustiga joylashtiriladi.
Platformaning bo‘ylama bortlarining seksiyalari ochib qo‘yib yuk tashiladigan bo‘lsa, u holda pastga qaytarilib tushirib qo‘yilgan bo‘ylama bortlarning seksiyalari platformaning yonbosh bo‘ylama to‘sindagi halqalarga mahkamlab bog‘lab qo‘yilishi shart.
Platformaning yonbosh bo‘ylama to‘sinida halqalar mavjud bo‘lmagan holatlarda qarama – qarshi bo‘ylama bortlarning seksiyalarini bir – birlariga yonbosh va o‘rkach to‘sinlar ostidan o‘tkazilgan diametri 4 mm dan kam bo‘lmagan
Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling