3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


III BO‘LIM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI


Download 0.8 Mb.
bet38/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

III BO‘LIM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI
VA KEChIKTIRILGAN XARAJATLAR - JORIY QISMI

Kelgusi davr xarajatlarini hisobga


oluvchi schotlarning (3100) bog‘lanishi
Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga
oluvchi schotlarning (3200) bog‘lanishi
III bo‘lim schotlari kelgusi davr xarajatlarini yoki kechiktirilgan xarajatlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar tovar yoki xizmat uchun to‘lov ulardan foydalanishdan oldin amalga oshirilganda vujudga keladi. Oldindan to‘langan ijara haqi, sug‘urta, ta’lim, obuna va boshqalar uchun oldindan to‘lov ushbu xarajatlarga taalluqli.
Bunday xarajatlarni aks ettirish moliyaviy hisobotni operatsiyalar va hodisalar pul mablag‘lari to‘langanda yoki kelib tushganda emas, balki ular amalda sodir etilgan paytda aks ettirishni talab qiladigan hisoblash tamoyili bo‘yicha tayyorlanishi bilan bog‘liq.
Hisoblash tamoyili pul mablag‘lari qaysi davrda to‘langanidan qat’i nazar, xarajatlar u bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar tan olinadigan davrda tan olinishini talab qiladigan daromadlar va xarajatlar muvofiqligi tamoyili bilan kelishilgan.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga
oluvchi schotlarning (3100) bog‘lanishi

Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo bir yil mobaynida kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo‘lgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schotlardan iborat:


3110 "Oldindan to‘langan operativ ijara haqi";
3120 "Oldindan to‘langan xizmat haqi";
3190 "Boshqa kelgusi davr xarajatlari".
Ushbu schotlarda: matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan to‘lash; mulkning yillik sug‘urtasini to‘lash; hisoblash texnikasiga yillik xizmat ko‘rsatish yoki dasturini yangilash uchun oldindan to‘lov va boshqalar; kelgusi davrlar uchun ijara to‘lov badallari va kelgusida mahsulotning tannarxiga kiritilishi mumkin bo‘lgan boshqa xarajatlar yoki kelgusi 12 oy mobaynidagi davr xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar ishlab chiqarish yoki davr xarajatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish o‘rnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarish usuli korxona hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling