31. Davlat mexanizmi


Download 124.5 Kb.
bet18/19
Sana26.12.2022
Hajmi124.5 Kb.
#1067374
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5-мавзу

Islom huquq doktrinasi. Teokratik islom davlati tomonidan umumiy huquq yoki bu darajada ruxsat beriladigan va qo‘llab-quvvatlanadigan shaklda diniy shaklda ifodalovchi normalar tizimi sifatida islom huquqi VII-X asrlarda Arab xalifaligida ilk o‘rta asrlar davrida shakllangan va u islom diniga asoslangan. Islom huquq doktrinasiga ko‘ra huquq Alloh tomonidan belgilanadi. Ammo islom huquqining shakllanishida Qur’on oyatlarining Payg‘ambar, sahobalar, ulamolar tomonidan talqin etilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Islom huquqshunoslari bo‘lgan faqihlarning mehnatlari asrlar davomida mana shu ulkan mas’uliyatli ishga sarflangan. Ularning sa’y-harakatlari yangi huquqni yaratishga emas, balki Alloh tomonidan berilgan huquqni amalda foydalanishga moslashtirishga yo‘naltirilgan.
Islom huquqini belgilovchi fiqh sohasi faqatgina Allohning insonlarga qo‘ygan o‘zaro huquqiy qonun-qoidalarini aks zttirish bilan cheklanib qolmay, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Masalan, musulmon kishiga farz bo‘lgan namoz, zakot, ro‘za, haj kabi ibodatlarning qonun-qoidalarini belgilash fiqh ilmi sohasiga kiradi. SHu ma’noda islom huquqi ijtimoiy-me’yoriy tartibga solishning o‘ziga xos tizimi sifatida tushuniladi. U huquqiy normalarni, nohuquqiy tartibga solishlarni, birinchi navbatda diniy va axloqiy yo‘lga solishlarni, shuningdek, urf-odatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Davlatni o‘rganish islom huquqshunoslik fanining bir qismi hisoblanmaydi. Fiqhning asosiy funksiyasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni saqlab qolishdan iboratdir. Fiqh “Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad alayhissalom orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq” ma’nosini bildiradi. Boshqa ta’rifda: “Fiqh - shar’iy dalillardan far’iy hukmlar chiqarishdir” deyiladi. Ushbu ta’rifdagi “shar’iy dalil” Qur’oni Karim va Hadisi sharifdir. “Far’iy hukm” esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. SHariatda far’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo‘ladi. Har bir faqih olim hukm chikarishda asosan kuyidagi manbalarga tayanishi lozim:
Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling