31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»


O'zbekiston Respublikasida milliy madaniy markazlarni tuzish va ularning millatlararo totuvlikni taminlashdagi roli


Download 76.9 Kb.
bet4/29
Sana08.03.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1251284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma

36. O'zbekiston Respublikasida milliy madaniy markazlarni tuzish va ularning millatlararo totuvlikni taminlashdagi roli
Milliy-madaniy markazlar — Oʻzbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari. Milliy-madaniy markazlarm. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlariga hamda oʻz nizomiga asoslangan holda faoliyat koʻrsatadi. Milliy-madaniy markazlarm. muayyan millatgaxos boʻlgan milliy madaniyat, til, urf-odat, anʼ-ana va taomillarni oʻrganish, saqlab qolish va rivojlantirishdan manfa-atdor boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Oʻzbekiston Respublikasining "Nodavlat va notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonuni (1999Y. 14 aprel)ga asoslangan holda tuziladi. Nizomi tegishli adliya tashkilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar adliya idoralari) tomonidan roʻyxatga olinadi. Oʻz faoliyatini bevosita yoki jamoalardagi boʻlimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi qududida amalga oshiradi. Dastlabki Milliy-madaniy markazlarm.lar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. Oʻzbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada Milliy-madaniy markazlarm. soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil 10 ta Milliy-madaniy markazlarm. ish olib borgan boʻlsa, 1995 yilda ularning soni 72 taga, 2003 yilga kelib esa 135 taga yetdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat (roʻyxatga q.).
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, maʼnaviymaʼrifiy hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash Milliy-madaniy markazlarm. faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan doʻstlik, hamkorlik, madaniy-maʼrifiy aloqalar oʻrnatish va hamdoʻstlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mu-stahkamlashga koʻmaklashish markazning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi.

Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling