31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»


Download 76.9 Kb.
bet2/29
Sana08.03.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1251284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma

Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi.
Jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi, uning maqsad-muddaosi bo‘lishi kerak. Modomiki, maqsad, g‘oya haqida mulohaza yuritar ekanmiz, oldin bayon etganimizdek, «Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin». (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 89-bet).
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali Bosh muharririning savollariga javoblari «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» asarida jamiyat mafkurasiga quyidagicha ta’rif beradi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman».
Vijdon erkinligi bizda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasi va 1998 yilgi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun bilan kafolatlanib kelinmoqda. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor qilmaydi. Biz yuqorida mafkuraning dunyoviy va diniy ildizlari haqida fikr yuritganimizda bu masalaga to‘xtalgan edik. Haqiqatan dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-biri bilan mushtaraklikda rivojlanadi. Ular insoniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatib kelgan.
32. O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning mazmuni va ahamiyati.

Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling