31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»
islom ma'naviy qadriyatlari va qonunlarining xalqaro terrorizm bilan mos emasligi
Download 76.9 Kb.
|
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev
- Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov.
- mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan rim-katolik cherkovi yepiskopi Yeje Matsulevich.
37. islom ma'naviy qadriyatlari va qonunlarining xalqaro terrorizm bilan mos emasligi
Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo aholisi eng «yosh» mintaqalardan biridir. Bu yerda aholining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi va bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yaqinda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan sessiyasida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. Shavkat Mirziyoyev Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Shavkat Mirziyoyev 38. diniy bag'rikenglik - O'zbekiston Respublikasida tinchlik va barqarorlik sharti Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi barcha insonlarning ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan ham O‘zbekistonda tom ma’noda diniy bag‘rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. — 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan, — dedi Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov. — Xalqaro hamjamiyatda mamlakatimiz nufuzining oshishi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash, ular ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, turli millat va elat vakillarining tili, urf-odatlari va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur Farmon Harakatlar strategiyasida belgilangan ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi va jamiyatda totuvlikni ta’minlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Vazirlar Mahkamasi huzurida yangidan tashkil etilgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyati ham jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini bundan buyon ham og‘ishmay amalga oshirishga qaratiladi. — O‘zbekiston Bosh Qomusida «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar», deb belgilab qo‘yilgan, — deydi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan rim-katolik cherkovi yepiskopi Yeje Matsulevich. — Bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish va yanada mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. YuNESKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrdagi 28-sessiyasida qabul qilingan «Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risida»gi Deklaratsiyada «Bag‘rikenglik bo‘lmasa, tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi», deb ta’kidlanadi hamda yer yuzi ahli tinchlik va osoyishtalikni saqlashga da’vat etiladi. Bu bejiz emas. O‘zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu esa o‘ziga xos millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Download 76.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling