31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»
O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari
Download 76.9 Kb.
|
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35. Millatlararo totuvlik va bagrikenglikni shakllantirish jamiyatning manaviy tiklanishining vazifalaridan biridir
33.O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari.
34. Tarixiy xotira va buyuk Sharq arboblari va mutafakkurlari merosining komil insonni tarbiyalashdagi o'rni Prezidentimiz Islom Karimovning Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q asariBiz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilamiz. Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bn o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli bilimli odamni oldi qochdi gapla bilan aladab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo’ladi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim bo’lishidan qat’i nazar jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har hil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy, munavvar qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni oz’ haq-huquqlarini tanishga da’vat etganlari uchun birov maosh to’laganmi? Birov ularga oylik to’laganmi? Albatta, yo’q! uular o’t bilan o’ynashayotganlarini, istidodga qarshi kurashayotganlari ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo’ldan borishganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da’vat etgan. 35. Millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni shakllantirish jamiyatning ma'naviy tiklanishining vazifalaridan biridir Dunyoda qancha millat, xalq boʻlsa, har birining oʻziga xos feʼli,urf-odatlari, fazilatlari bor. Olijanoblik, insonparvarlik, bagʻrikenglik qatorida millatlararo totuvlikka intilish azaldan xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan biri boʻlib kelgan. Millatlararo totuvlik tushunchasining asl mohiyati nimada? Millatlararo totuvlik deganda koʻp millatlar yashayotgan mamlakat hududidagi turli millat va elat vakillarining hamjihatlik va oʻzaro hamkorlikda yashashlari, ularning ongi va qalbida yagona Vatan tuygʻularining mustahkamligi, uning istiqboli yoʻlida sidqidildan mehnat qilish va fidoyilik koʻrsatish ruhiyatining amal qilinishini tushunish mumkin. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan”[2],- deya taʼkidlagani ayni haqiqatdir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik taʼminlash, bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Statistik maʼlumotlarga koʻra bugungi kunda mamlakatimizda 136 millat va elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri oʻz milliy madaniy urf-odatlari, anʼanalari, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega. Bugungi kunda mamlakatimizda Respublika baynalminal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markaz, Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek 34 ta doʻstlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha millat vakillariga teng huquqli asosida bir xil munosabat, bir xil imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan. Buqonun yoʻli bilan mustahkamlangan. Toʻgʻri, dunyoda mamlakatlar koʻp,lekin bu mamlakatlar ichida ona yurtimiz, jonajon Oʻzbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda, shu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona bir oila farzandlaridek yashashlarida namoyon boʻlmoqda. Bunday ahillik, doʻstlik va hamkorlik oʻzining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda millatlararo totuvlik gʻoyasining hayotga tatbiq etish va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash uchun aholi orasida olib borilayotgan targʻibot va tashviqot ishlar samaradorligini yanada oshirish lozim. Zero, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning garovidir. Download 76.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling