31-umumta’lim maktabida otalar yig’ilishi
-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar
Download 0.77 Mb.
|
OTALAR YIG\'ILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi
- Ota-onalarga
3-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar 6. O‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi; qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi; Keyingi tahrirga qarang. o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi; oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi; ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi; kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabar qilishicha, ota-onalarning eʼtiborsizligi sababli 2 072 nafar oʻquvchi maktab darslarini sababsiz qoldirib kelgan. Joriy yilning 17-18-noyabr kunlari Xalq taʼlimi, Ichki ishlar, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlandi. Sababsiz dars qoldirgan oʻquvchilarning ota-onalari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar yigʻilishlariga jalb etilib, ular ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, ota-onalar nazorati va qarovisiz qolgan oʻquvchilar taʼlim olishlari uchun maxsus maktab-internatlariga joylashtirildi, deyiladi xabarda. Ota-onalarga “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 47-moddasida koʻra, ota-onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi eslatib oʻtildi.FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida umumta'lim maktablari o‘quv dasturiga “Tarbiya” fanini kiritish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilgan edi. Bu xayrli tashabbus, chin ma'noda, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi, ta'lim olishi, buyuk ajdodlarimizga munosib farzandlarni voyaga yetkazishdek hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling