32-mavzu. Bolalardagi agrеssivlik holatlari Reja
Iroda to ‘g ‘risida tushuncha. Tavakkalchilik
Download 1.26 Mb.
|
32-34
1.Iroda to ‘g ‘risida tushuncha. Tavakkalchilik
Faoliyatni ma’lum yo’nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtkisi ta’sirida ro’yobga chiqadi. Ular impulsive (lot. Impulses-ixtiyorsiz qo’zg’alish) xususiyatiga ega bo’lib, anglanilmagan, rejalashtirilmagan bo’ladi. Masalan, bola bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu keyin o’zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda behosdan bo’lgan reflektiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo’ladi. Lekin yuqonda tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning ctarli ishtiroksiz maxsus niyatni ko’zlamay amalga oshirilgan bo’ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qilinmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko’p oddiy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko’zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilmgan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o’zi bu harakatlarda irodaning ishtirok etishini ko’rsatadi. Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko’zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodiviy harakatlar deb ataladi. Kishi suv ichkisi kelib satkanga qo’l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo’lsa ham aniq maqsadga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishining qandaydir qiyinchiliklarini, qo’yilgan maqsad yo’lida g’ov bo’lib turgan to’siqlarni yengishiga, lozim bo’ladigan harakatlarni amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog’liq shaxsiy faollik namoyon bo’ladi. Kishining o ‘z oldiga qo ‘yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat uordamdai yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ataladi. Kishi yengadigan tashqi to’siq deganda - ishning o’ziga xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, xar xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko’rsatishi, ishning oglr sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Ichki to’siqlar - kishi o’zini ishlashga, charchovni, bajarilishi kerak vazifasiga aloqasi bo’lmagan boshqa biror narsa bilan shug’ullanish istagini engishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayllardir. Ichki to’siqlarga zararli odatlar mayllar istaklar kiradi. "Iroda" termini bilan shaxsning qiyinchiliklarini yengib aniq maqsadni ko’zlab harakat qilish qobilyati tushuniladi. Ilroda oddiy kundalik hayotda ayniqsa katta qiyinchiliklami yengishga to’g’ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo’ladi. Irodaning o’ziga hox ko’rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ko’rinadi. O’ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo’lida xavf-xalar, yo’qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo’qotish uyg’unlashib keladi, yutuq quvonch nashidasini uyg’otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo’qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi. 1. Yutuqqa umidvorlik hissi, yani ehtimol tutilgan mag’lubiyat oqibati ko’rsatkichidan yuksakroq bo’lishiga ishonch. 2. Xatti-harakatning xavfli yo’lini afzal bilish, yoki, "tavakkal- chining tavakkalchiligdir”. Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr degan asbobda o’lchash mumkin. Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kundalik xayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo’lmaydilar, boshqalarnig yordamiga muxtoj bo’ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining patalogiyasi mavjud bo’lib. u abuliya (yunon. abuliya-qat lyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya — (yunon. apraxiya-harakaisizlik) miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidar. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos, noyob fenomenal psixopatologik hodisadir. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling