32-Mavzu: Materiallar, ularni tasniflash va baholash Sattorova Aziza Fozilovna
Ishlab chiqarish zaxiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Xomashyo
|
mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va hokazo.
|
1010
|
Materiallar
|
xom-ashyoga ta'sir etish uchun qo'llaniladigan va mahsulotga ma'lum iste'mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi. Masalan, gazlama, charm, metal I va hokazolar.
|
1010
|
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar
|
ma'lum darajada ishlov bosqichidan o'tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar.
|
1020
|
Yoqilg'i
|
ko'mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari.
|
1030
|
Ehtiyot qismJar
|
mashina va jihozlami tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni aImashtirishda qo'llaniladigan mashina va mexanizmlaming detal, agregat va qismlari.
|
1040
|
Qurilish materiallari
|
bevosita qurilish, montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruksiya va qurilmalarini ko'tarishda hamda qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo'ladigan yog'och-taxta, shifer, mix kabi materiallar.
|
1050
|
Idish va idish materiallari
|
turli material va mahsulotlarni o'rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog'och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi.
|
1060
|
Inventar va xo'jalik anjomlari
|
ushbu guruhga korxona xo'jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi.
|
1070
|
Qayta ishlashga berilgan materiallar
|
korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o'zga korxonaga berilgan chorvachilik, o'rmon xo'jaligi hamda o'sirnliklardan olinadigan mahsulotlar kiradi.
|
1080
|
Boshqa materiallar
|
yuqoridagi satrlarda ko'rsatib o'tilmagan boshqa materiallar shu guruhga kiradi. Ularga chiqitlar, yaroqsiz materiallar, braklar, metalalom va boshqalar misol bo'ladi.
|
1090
|
Do'stlaringiz bilan baham: |