33-amaliy mashg‘ulot. Fe’lni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 1-,2-3-sinflar uchun fe’lni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish (2 soat)


M a v z u : Harakatni bildirgan so‘zlar


Download 19.49 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi19.49 Kb.
#1618624
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg`ulot

M a v z u : Harakatni bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: 1. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, boshqa so‘zlardan so‘roqlar yordamida farqlashga o‘rgatish, so‘zlarni imloviy to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qilish; 2. Mashqdagi she’r orqali tabiatni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatish; 3. O‘quvchilarning nutqini harakatni bildiruvchi so‘zlar bilan boyitib, ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: og‘zaki, induktiv uslub.
Dars jihozi: rasmlar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O‘quvchilarni ona tili darsiga hozirlash.
1.Yangi mavzu bayoni:
Bolalarga harakatni bildiruvchi so‘zlarni tushuntirishda ko‘rgazmali harakatdan foydalaniladi:
O‘qituvchi bir o‘quvchini xattaxta oldiga chiqaradi va stulga o‘tiro‘izadi: Akmal nima qildi? deb so‘raydi.
Bolalar: Akmal o‘tirdi.
Xattaxtaga «nima qildi? — o‘tirdi» so‘zlari yoziladi.
Akmal turmoqchi bo‘lgandek harakat qiladi va o‘qituvchi «Akmal nima qilmoqchi?» deb so‘raydi.
-Turmoqchi.
Xattaxtaga «Nima qilmoqchi? — turmoqchi» deb yozila­di.
O‘qituvchi Akmalga o‘rnidan turib yurishni aytadi. So‘ng bolalarga savol beradi:
-Akmal nima qilyapti?
-Yuryapti.
Xattaxtaga «Nima qilyapti? yuryapti», deb yoziladi.
Xattaxtada: nima qildi?o‘tirdi;
nima qilyapti? — yuryapti;
nima qilmoqchi? — turmoqchi ko‘rinishidagi jadval hosil bo‘ladi.
Xattaxtaga: nima qildi?
nima qilyapti?
nima qilmoqchi? deb yozib qo‘yiladi.
O‘quvchilarga har xil harakat bajarayotgan mutaxassislar rasmlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga bir so‘z bilan javob berishlari aytiladi va ularning javoblari yozib boriladi: Xattaxtada:
nima qildi? — yozdi, chizdi;
nima qilyapti? — yuguryapti, arralayapti;
nima qilmoqchi?—yotmoqchi, uxlamoqchi.
O‘quvchilarga muammoli savol beriladi:

  • Bolalar, bu so‘zlar nimani bildiryapti?

  • Harakatni bildiryapti.

  • Kimning harakatini bildiryapti?

  • Odamlarning harakatini bildiryapti.

Demak, tilimizda shaxs va narsani bildirgan so‘zlardan tashqari, harakatni bildirgan so‘zlar ham qo‘llanar ekan.
Bu so‘zlarning ham ma’nosini tushunib olishingiz, to‘g‘ri yozishingiz lozim.

  • Bu so‘zlar shaxs va narsa bildirgan so‘zlardan nimasi bilan farq qilyapti?

  • So‘rog‘i bilan, ma’nosi bilan farq qilyapti.

O‘qituvchi so‘z aytadi, o‘quvchilar ular ichidan harakatni bildirgan so‘zlarni so‘roq yordamida aniqlab aytadi. So‘ng o‘quvchilarning o‘ziga harakatni bildirgan so‘zlar toptiriladi.
Kitob bilan ishlash.

Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling