33-amaliy mashg‘ulot. Fe’lni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 1-,2-3-sinflar uchun fe’lni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish (2 soat)
Download 19.49 Kb.
|
2-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar: 1-topshiriq.
- 5-topshiriq.
- 8-topshiriq.
- 10-topshiriq.
125- mashq. Shartiga ko‘ra bajariladi.
Har bir so‘zni o‘qitib, u nimani bildiryapti, bu harakatlarni kimlar bajarishi so‘raladi (shifokor, o‘qituvchi, bolalar, o‘quvchi). So‘zlar har bir qatorga ikkitadan bo‘lib beriladi. Shu so‘zlarni qatnashtirib bolalar ikkita gap tuzib yozadi va o‘qiydi. Quyidagicha gaplar tuzadilar: O‘qituvchi o‘qitadi. Shifokor davolaydi. Bolalar o‘qiydi. Bolalar o‘ynaydi. Shu kabi gaplarni yozishgach, shaxs va harakatni bildirgan so‘zlar tagiga tegishlicha chizdiriladi. Ularga so‘roq berdirib, ma’nosi so‘raladi. O‘quvchilar 126-mashqning shartini o‘qiydilar. Bolalarga ism qo‘yadilar va berilgan so‘zlarni qo‘llab gap tuzadilar. Gapni birinchi tuzgan bola doskaga yozadi. Harakatni bildirgan so‘zning tagiga 2 chiziq chizadi. 2ta gap yozdirilgach, qolgani og‘zaki bajartiriladi. Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. 127-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilarga mashq sharti bo‘yicha so‘roqlar yordamida so‘zlarni guruhlab yozishlari tushuntiriladi. Nima qildi? — qochdi, qo‘ndi, ... Nima qilyapti? — chiqyapti, uzyapti, ... Nima qiladi? — oladi, qoladi, ... Ba’zi harakat bildirgan so‘zlar bilan gap tuzishlari mumkinligi aytiladi. Shunda bola harakat bildirgan so‘zlar ma’nosidagi farqlarni bilib oladilar. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarning reyting ballari qo‘yiladi. Savol va topshiriqlar: 1-topshiriq. Boshlang‘ich sinflarda fe’lni o‘rganish maqsadini ayting. 2-topshiriq. Fe’lni o‘rganishdagi izchillik nimalardan iborat. 3-topshiriq. Fe’l so‘z turkumini o‘rganish vazifalariga izoh bering. 4-topshiriq. Boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumini o‘rganish tartibi. Fe’l so‘z turkumiga oid materiallarni tanlashda shu materialning nutq va imloga qanchalik zarurligi hisobga olinadi. Fikringizni bayon eting. 5-topshiriq. Xat savod o‘rgatish davrida fe’l haqida bolalar qanday amaliy bilimlarni egallagan. Kim? Nima qilyapti? So‘roqlariga javob topishda fe’llardan qanday foydalangan. So‘zning leksik ma’nosi ustida ishlangan rasmlarga qarab gaplar tuzing. 6-topshiriq. 1-sinfda bolalarning o‘zalari bajargan harakatni bildirgan so‘zlarni so‘roq berib aniqlash qanday amalga oshiriladi.(sagradi-nima qildi? O‘qidi-nima qildi?) 7-topshiriq. Holatni bildiruvchi uxlayapdi, uynayapdi, faxrlanayapdi, singari fe’llarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarga bu fe’llar haqida ma’lumot berishga tayyorlaning. 8-topshiriq. Nima qildi? Nima qilyapdi? Nima qiladi? So‘roqlariga javob bo‘luvchi fe’llarni tahlil qilish orqali bajarilgan, bajarilayotgan, bajarish kerak bo‘lgan harakatni bildirishi, tushuntiruvchi mashg‘ulot usulini belgilang. 9-topshiriq. Nima qildi? Nima qilyapdilar? Nima qilmoqchi? So‘roqlari yordamida birlikdagi harakat bajaruvchi bilan harakat bir necha kishi tomonidan bajarilishi orqali birlik va ko‘plikdagi fe’llar haqida bilim beriladi. Bularni aniqlang. 10-topshiriq.1-sinfda fe’l ustida ishlash mavzusiga doir dars ishlanma tuzish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b. 2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b. 3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standart. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017.- 42-46 b. Download 19.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling