№33 ma’NAVIY- ma’rifiy soatlar rejasi
Vatanga xizmat qilganlar xotirasi
Download 123 Kb.
|
9- Mavzu Xotira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shiroq
- Jaloliddin Manguberdi hamda Najmiddin Kubro Ruslar istebdodiga qarshi chiqqan Dukchi Eshon, Nomoz
- Ahmad Farg‘oniy ; “ Al-Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallim” “Sharq Aristoteli” degan mo‘tabar unvon olgan Abu Nasir Farobiy;
- Abu Rayhon Beruniy; Sharqda “Shayxur-Rais” va G‘arbda esa “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino;
- Muhammad Sharif Gulxaniy
- Yusuf Xos Hojib;
- Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy
- Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad
- Uvaysiy; XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysi – Mohlaroyim – Nodira;
Vatanga xizmat qilganlar xotirasi bu – siz tinch uxlagan har bir tun, farzandingizni tinchgina o‘qishga borishi, ko‘cha-ko‘yda emin-erkin yurishini ta’minlaganlarning egalik qilayotganingiz serhosil zamin, zilol suvli daryo-yu, anhorlar, og‘ir yumushlarningizni yengillashtirganlar, uzog‘ingizni yaqin qilganlarning, e’zozlanib yodga olinishi ruhi poklariga hurmat bildirilishidir.
Bu hammamiz uchun farzdir. Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt shu xalq deb kurashgan kuch qudrati, aql – zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan ne – ne buyuk zotlarni birma – bir xotirlab ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Xalqimiz, yurtimiz ozodligi uchun mardonavor kurashganlar jasorat ko‘rsatgan quyidagi mardlarimiz: Vatani ozodligini saqlash uchun kurashgan, Eron shohi Kir boshini olib, qon to‘la meshga joylagan To‘maris jasorati; O‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqqan va harbiy hiyla bilan uning qo‘shinlarini chalg‘itib, suvsiz, Qizilqumning dasht-sahrosiga boshlab borgan va El-yurtni vayronagarchilikdan saqlab qolgan Shiroq jasorati; Iskandar Zulqarnaynga qarshi chiqqan antik tarixchilar zo‘r havas bilan madh qilganlari Spetamen jasorati; Arab istilochilariga qarshi Mavarounnahrdagi eng katta qo‘zg‘olon 769 – yilda boshlandi. Muqanna qo‘zg‘oloni yoki ikkinchi nomi “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni ishtirokchilari va rahbari Hoshim ibn Hakimni; Mug‘ullar istibdodiga qarshi o‘n ikki yillik mardonavor kurashgan Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi hamda Najmiddin Kubro Ruslar istebdodiga qarshi chiqqan Dukchi Eshon, Nomoz botirlar va ular bilan bir safda to‘rganlarni xotirlash va ularga hurmat ko‘rsatish har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Dunyo ilmu faniga katta hissa qo‘shgan, vatandoshlarimiz ham bir talaydir. Ularni sanab o‘tadigan bo‘lsak: Ismi “algaritim” atamasini paydo bo‘lishiga olib kelgan, “algebra” fani asoschisi, “Kitob at-tarix” asari muallifi, 1983 yilda 1200 yilligi nishonlangan buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy; Nil daryosi suvini o‘lchovchi asbob yaratuvchisi, yerni shar shaklida ekanligini aniqlab shuhrat topgan, falakiyotchi va buyuk geograf Ahmad Farg‘oniy; “Al-Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallim” “Sharq Aristoteli” degan mo‘tabar unvon olgan Abu Nasir Farobiy; Xristafor Kolumbdan 460 yil avval Amerika qit’asi borligini bashorat qilgan, Yerni quyosh atrofida aylanishini aytgan hamda tarix, geografiya, geologiya, meniralogiya, kimyo, fizika fanlariga buyuk hissasini qo‘shgan mutafakkir Abu Rayhon Beruniy; Sharqda “Shayxur-Rais” va G‘arbda esa “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino; Temuriyzoda, yulduzlar jadvalini tuzgan davlat boshlig‘i Mirzo Ulig‘beklar abadul-abad avlodlar qalbini faxr va g‘urur his-tuyg‘ulari bilan albatta yoritib turajak. Bir qator yurtdoshlarimiz insoniyatning san’at, adabiyot, odob-axloq, odamiylik sohasiga fayz kiritib, dini islom osmoniga ko‘rk bag‘ishlab, yorqin yulduz bo‘lib, porlashgan. Ularni birma bir yodga oladigan bo‘lsak: “Zarbulmasal” asari muallifi Muhammad Sharif Gulxaniyni xotirlashimiz millat sifatidagi yuksak ma’naviyatimiz belgisi. “Zarbulmasal”da ko‘plab masallar, hayvonlar obrazlari orqali kishilar orasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlar, hamda bu munosabatlardagi muammolar, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida so‘z boradi; Qadimgi Buxoro tarixi, arablar istilosi va ularga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar haqida hikoya qiluvchi “Buxoro tarixi” asari muallifi Abu Bakr Narshaxiy; Fors adabiyoti asoschilaridan biri yurtdoshimiz hamda: Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. va hayotni birinchi ustoz hisoblab, Har kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o‘rgatolmas hech bir muallim. kabi xalq orasida mashhur misralar muallifi Abu Abdulloh Rudakiy; Turkiy xalqlar og‘zaki va yozma adabiyotga doir 300 dan ortiq she’riy parchalar, maqollar, hikmatli so‘zlar va lavhalar berilgan “Devonu lug‘atit turk” asari muallifi Mahmud Qoshg‘ariy; “Qutadg‘u bilig” ya’ni “Saodatga boshlovchi bilim” asarida axloq-odob, ilm-ma’rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarida o‘zini qanday tutish, so‘zning ahamiyati va qadri, mehmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma’naviy olamining yana ko‘pgina masalalarni qalamga olib mashhur bo‘lgan Yusuf Xos Hojib; Fiqh ilmi – musulmon qonunshunosligiga katta hissa qo‘shgan alloma Burhoniddin Al-Marg‘inoniy; Hadislarning eng sahihlarini to‘plagan, yurtdoshlarimiz “Hadis ilmidagi Amir-ul mo‘miniyn” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan muhaddis Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va yana muhaddis olim Abu iso Muhammad at-Termiziy; Tasavvuf ilmining buyuk namoyandalari Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Najmiddin Kubrolar; Turkiy tilda ham o‘ta nozik did bilan asarlar yaratish mumkinligini amalda isbotlagan, shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy; XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjiymon, hattot va ma’rifatparvar Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad adabiy taxallusi Munis Xorazmiy; O‘zbek adabiyoti xazinasini arab, fors-tojik adabiyotining noyob durdona asarlarini tarjima qilib boyitgan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlagan Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy; She’riyatimizda eng ko‘p va har jihatdan yetuk mustazod yaratgan ijodkor va bu lirik turning adabiyotimizda uzil-kesil mustahkamlanishi va boyishiga katta hissa qo‘shgan Boborahim Mashrab; XVIII - asr oxiri XIX - asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur o‘zbek shoirasi, o‘z davrini bilimdon otini – muallimasi va islom dini tarixidan chuqur xabardor – Uvaysiy; XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysi – Mohlaroyim – Nodira; Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling