№33 ma’NAVIY- ma’rifiy soatlar rejasi


Adabiyot hayot guli, yurak kirlarini yuvuvchi toza ma’rifat suvi


Download 123 Kb.
bet8/10
Sana12.10.2023
Hajmi123 Kb.
#1700003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9- Mavzu Xotira

Adabiyot hayot guli, yurak kirlarini yuvuvchi toza ma’rifat suvi deya adadiyot ravnaqi uchun jonkuyarlik qilgan Cho‘lpon;

  • O‘z asarlarini insonlarni halol mehnat qilish, bola tarbiyasi, kattalarga hurmat, zaiflarga yordam berish kabi ijtimoiy masalalar va xon, zolimlar zulmiga qarshi xalq ozodligi harakatiga bag‘ishlagan Qoraqalpoq xalqining farzandi Berdaq;

  • Buyuk Alisher Navoiyini hayoti va ijodini romanga solib tanishtirgan Oybek domla;

  • Arxeolog olim, akademik Yahyo G‘ulomov

    Shuningdek, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Miskin, Tavallo, Xislat va Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy kabi yurt farzandlarini, xalqimizning sevimli adiblari Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Zulfiya, Muhammad Yusuf va Said Ahmadlarni yuksak hurmat ila yodga olish, xotirlash farz bo‘lish bilan birga buyuk savobdir.
    Davlatchiligimizga katta hissalarini qo‘shgan, erksevar, ma’rifatparvar, millatparvar vatandoshlarimiz ham talaygina bo‘lib, ularni ham alohida hurmatlab yodga olishni joiz topdik.
    Davlatchiligimiz asoschisi hamda bu sohaga buyuk hissasini qo‘shgan Amir Temur ni e’zoz bilan yodga olamiz, zero Amir Temur asos solgan saltanat, hashamatli binolar hamda bo‘g‘u-rog‘lar buning dalilidir. Temuriyzodalardan Zahiriddin Muhammad Bobur esa hind diyorida buyuk saltanatga asos soldi, uning vorislari esa hind diyoriga “Toji Mahal” dek tojni bino qilishdi. Husayin Bayqaro va shu o‘rinda temuriy malikalar;
    XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida erksevar, ma’rifatparvar, millatparvar vatandoshlarimizdan o‘z she’rlarida xotin-qizlar ozodligini, vatanimiz hamda millatimizning o‘sha davrdagi mustamlaka davridagi ayanchli ahvolini kuylagan iste’dodli shoira Nozimaxonim;
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling