Shundan so’ng maktabning matrix fani o’qituvchisi O. Rahmatova so’zi tinglandi.
Dars Kichik guruhlarga bo’linib tashkil etildi 1-guruh “TURON” 2-guruh esa “TO’MARIS” . Har ikki guruh tomonidan o’tilgan mavzular asosida vatman qog’ozga tayyorlangan "Krassvor"dan foydalanilib turli xil qiziqarli savollar berildi. ,,Limon-mandarin” usulida o’yin tashkil qilindi. O’quvchilarning tarix darsida krassvord yechishlari maqsadga muvofiq. Noutbukda guruhlar va o’qituvchi tomonidan mavzuga oid video lavxalar va slayd namoyish etildi. Darsda maqsadga erishildi. Vaqt taqsimotiga aloxida e'tibor berildi.
Rahmatova Orzixon tarix fani o’qituvchisi.
- Dars ilmiy jixatdan to’la tushuntirildi. Noutbokda o’tilgan mavzularga test bajarildi. Dars davomida yangi mavzuni tushuntirish va mustaxkamlash uchun Suhbat, ko’rsatmalilik, ,,Xotira metodi”, “Aqliy hujum” usullaridan foydalanildi va bu o’z navbatida darsni qiziqarli o’tilishida, mavzuni esa o’quvchilarga tushuntirilishida o’z samarasini berdi.
Yuqoridagilarning fikrlarini inobatga olib yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I
1. Ma'rufxonov Muxammadjonni darsni na'munali tarzda tashkil etdi. Zamonaviy pedtexnologiyadan foydalanilgan holda o’tildi.
2. Dars a'lo baxolandi. O’qituvchining yutuk va kamchiliklarini bartaraf etish o’qituvchi zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu dars ishlanma Tarix fani metodik kengashida ko’rib chiqildi va maktab metodik kengashida ommalashtirish uchun tavsiya etildi.
Yig’ilish raisi : _____________ M. Ma'rufxonov
Do'stlaringiz bilan baham: |