35. Marketing muhiti


Download 65.23 Kb.
bet18/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

96.Bozor va uning turlari.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko’rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. Ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
I. Geografik joylashishiga qarab:
mahalliy bozor – shahar yoki qishloqdagi bozorlar;
milliy yoki ichki bozor – bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi;
mintaqaviy bozor – bu har xil davlatlar bozori va uning birlashmalari hisoblanadi
II. Faoliyat ko’rsatish, darajasiga qarab:
asosiy bozor – bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi;
qo’shimcha bozor – mahsulotlarning birqismi sotiladi;
samarasiz bozor – vaqtinchalik faoliyat ko’rsatadi;
salohiyatli bozor – ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor;
sust bozor – yashashi yoki yashamasligi noma’lum bozor.
III. Mahsulotlarning sotilish turiga qarab:
ulgurji bozor;
chakana bozor
IV. Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab:
muvozanatli bozor;
muvozanatsiz bozor;
taqchil bozor.
V. Qonunga qarab:
qonuniy bozor;
xufiya bozor.
VI. Raqobat kurashiga qarab:
erkin raqobat bozori;
monopolistik bozor;
oligopolik bozori;
sof monopolistik bozori.
VII. Tarmoq turiga qarab:
avtomobil bozori;
kompyuter bozori;
samolyot bozori va hokazo.
VIII. Mazmuni va ishlatilishiga qarab:
iste’molchilar bozori – bunday bozorda ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molchilar uchun sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu bozor talab va taklif, qiymat qonunlari asosida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Iste’molchilar bozori asosida, birja savdosi, barter turlari vujudga keladi. Iste’molchilar bozorini rivojlanishi uchun O’zbekistonda savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari xususiylashtirildi va erkin savdo baholariga o’tildi;
xizmat ko’rsatish bozori – bu bozorning rivojlanganligi, aholining moddiy ne’matlar bilan yaxshi ta’minlanganligini ifodalaydi. Xizmat ko’rsatish bozori o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: kommunal-maishiy xizmat ko’rsatish, turistik, transport vositalari bilan ta’minlash tibbiy xizmat ko’rsatish, repetitorlik xizmati, axborot vositalari bilan ta’minlash xizmati va h.k. Iqtisodiyotning rivojlanishi bilan xizmat ko’rsatishning yangi shakllari vujudga keladi;
uy-joy bozori – bu bozor iqtisodiyotning o’tish davrida vujudga keladi. Ma’ulmki, bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida uy-joy xususiylashtirildi. Uy-joy bozorining rivojlanishi ish kuchi migrasiyasiga ta’sir etadi. Ishchilar erkin ravishda o’zlarining ish joylarini o’zgartirish imkoniga ega bo’ladilar; ish kuchi bozori (mehnat bozori). Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalgi darslarda aytib o’tganimizdek, ish kuchi tovar hisoblanadi. Demak, ish kuchi ham sotiladi. Bozor iqtisodiyoti ish kuchini ortiqcha bo’lishini taqozo etadi; investisiya bozori – moliyaviy bozorning o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi. Moliyaviy bozorning yana bir turi qimmatbaho qog’ozlar bozoridir. Bu bozorda pul bilan birgalikda, qimmatbaho qog’ozlar ham muomalada bo’ladi (aksiya, obligasiya, veksel, cheklar). Qimmatbaho qog’ozlar bozorining turlaridan biri – fond birjasi hisoblanadi; innovasiya bozori – innovasiyaga texnik va ijtimoiy iqtisodiy yangiliklar, ixtiro va rasionalizatorlik takliflari hamda ilmiy texnikadagi yangi yutuqlar kiradi. Ular ham bozorda tovarga aylanadi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling