35. Marketing muhiti


Marketingni asosiy funksiyalari


Download 65.23 Kb.
bet16/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

78.Marketingni asosiy funksiyalari.
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-marketing tadqiqotlari;
- mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
- sotish va taqsimot funksiyasi;
- tovarni siljitish;
- narxni tashkil etish funksiyasi;
- marketing-menejment funksiyasi.
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
- xalqaro bozorni tahlil etish;
- sotish bozorini tadqiq etish;
- iste‘molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
- marketing operatsiyalarini o‗rganish;
- axborot to’plash va qayta ishlash;
- marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
- raqobatlarni o’rganish;
- benchmarking;
- talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o‗rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste‘molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi. Tashqi muhit omillariga iste‘molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog’i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o’rganiladi.
62.Bozorni kompleks o‘rganish uslublari.
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari (tashqi muhiti) va o’zining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar to’plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi.Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang’ich davri bo’lib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini o’ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o’z ichiga oladi. Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o’sishi orqalimi yoki bozorda o’z ulushini ko’paytirish, obro’sini ko’tarish yo’li bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko’ra, bir necha yo’nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya‘ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‗paytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo’l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni ko’paytirish, to’rtinchidan, diversifikatsiya yo’li bilan, ya‘ni korxona o’z marketing faoliyati doirasida qo’shimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste‘molchilarni o’zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko’proq olishga erishadi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling