35. Marketing muhiti
Differensiatsiya tushunchasi
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100.Narxning asosiy funksiyalari
102.Differensiatsiya tushunchasi
Differensiatsiya tushunchasi (differensiatsiya, mahsulot differensiatsiyasi, personal differensiatsiyasi, imidj differensiatsiyasi). Differensiatsiya – raqiblar taklifi oldida ustunlikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishga va marketing dasturiga mo’ljallanadi. Differensiatsiyaning 4 ta yo’nalishi mavjud: - tovar differensiatsiyasi; -servisli differensiatsiya; - xodimlar differensiatsiyasi; - imij differensiatsiyasi Tovar differensiatsiyasining maqsadi uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, tovarning jozibadorligini alohida bozorlar yoki bozor segmentlarining xususiyatlari, iste’molchilarning shaxsiy afzal ko‘rishlari hisobiga oshirishdan iborat. Tovar differensiatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari, tovardan foydalanish samaradorligi, qulaylik, ishonchlilik, tovar dizayni va stili. Imij - tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o’xshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog’liq bo’lgan ijtimoiy-psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi. 100.Narxning asosiy funksiyalari Narxning funksiyalari (xisob - kitob va o‘lchov funksiyasi, iktisodiy tarbiyalash funksiyasi, raqobat vositasi funksiyasi). Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo’likkan bo’ladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo’yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko’rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat‘iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: 1. bozor muvozanatini ta‘minlash funksiyasi; 2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi; 3. iqtisodiy regulyator funksiyasi; 4. raqobat vositasi funksiyasi; 5. ijtimoiy himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o’zgaruvchan narx, limit narx, muvozanat narx. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling