35. Marketing muhiti


Tovarga bo‘lgan talabni shakllantirish


Download 65.23 Kb.
bet9/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

110. Tovarga bo‘lgan talabni shakllantirish
Marketing konsepsiyasi avvalambor, iste’molchi talab va ehtiyojlariga yo‘naltirilganlikdan, konsepsiyaning maqsadi – real va potensial iste’molchilarni aniqlash, talabini o‘rganishdan iborat. Marketing konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi:
• Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga.
• O‘z tovarini emas, balki xaridorni sevishga.
Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga.
• Bozor talablarini o‘rganib, so‘ngra ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga.
• Iste’molchilarning tez o‘sib borayotgan talablariga moslashish va egiluvchan ishlab chiqarishni tashkil etishga.
• Firmaga raqobatning ta’sirini o‘rganishga, tashqi omillarning ta’sirini baholashga.
Potensial iste’molchilarga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan sotuv jarayoni, bu - iste’molchi bilan muloqot, uning fikrini bilish, tovardan qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma xaridor talabini qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali xaridorni o‘z iste’molchisiga aylantiradi. Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish firma tovarlariga potensial talabni real talabga aylantirish uchun zarur, binobarin, buni raqobatchilar o‘z tovarlariga nisbatan amalga oshirmaslaridan oldinroq bajarish zarur. An’anaviy marketing konsepsiyasi muntazam ravishda iste’molchilarni yangi talab va ehtiyojlarining o‘sishiga sabab bo‘lsa, firma katta foyda ketidan quvishga intilib, boshqa narsalarga e’tiborni susaytirishi, o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishi mumkin.
109.Tovar xususiyatlaring majmui
Tovar xususiyatlarining majmui (sifati, xizmatga yaroqliligi, narxning sifatiga mos kelishi, tovarga qo‘yib jo‘natiladigan hujjatlar, sotishdan keyingi serves sifati, xilining ko‘pligi, tanlov imkoniyati).
Tovar tanlashdagi harakat mahsulot bahosining pasayishi yoki kishilar daromadining ko‘payib borishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Xaridorlar o‘z pullariga eng ko‘p qoniqish hosil qiladiganlarini tanlab oladilar. Masalan, «Volkswagen» avtomobili transport vositalarining barcha qulayliklarini o‘zida jamlagan, narxi ham nisbatan past, yoqilg‘ini tejaydigan, Yevropa transport vositalaridagi elementar talablar standartiga mos bo‘lgan mashinadir. Lekin «Cadillac» avtomobili yuqori darajadagi qulaylik va afzalliklarga ega. Shu pulga shu mashinani xarid qilgan kishi bu xususiyatlardan ko‘proq qoniqish hosil qiladi. Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuyidan iboratdir. Marketing nuqtayi nazardan, sifat bu – mahsulotning mijoz talab va istaklarini qondira olish qobilyatidir. Sifat mahsulotning detallarida emas, balki xususiyatidadir. Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi.
Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
Tayyorlash texnologiyasi;
Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi;
Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi;
Tashishga va saqlashga yaroqliligi;
Ekologik xususiyatlari;
Ergonomik xususiyatlari;
Estetik xususiyatlari;
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling